Jahon | 15:16 / 25.04.2023
11600
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Sudanga 1600 nafar bundesver askarini yuboradi

Berlin hukumati askarlarga qurol ishlatish uchun kuchli mandat berishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Der Spiegel. Germaniya va Buyuk Britaniya o‘z fuqarolarini Sudandan evakuatsiya qilishda davom etmoqda.

Foto: AP

Sudandagi qurolli mojaro fonida Germaniya bu mamlakatga 1600 nafargacha bundesver askarini yuboradi, ularning missiyasi 31 maygacha davom etadi, deb xabar berdi Der Spiegel 25 aprel, seshanba kuni Bundestagga yuborilgan bo‘lajak missiya mandati loyihasi nusxasiga tayanib. Germaniya hukumatidagi manbalar Reuters agentligiga bundesverning Sudandagi missiyasi ko‘lami va vaqti haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. 

Mandat loyihasida aytilishicha, «aniq operatsiyalarni amalga oshirish» maqsadida va favqulodda vaziyatlarda bundesver kontingentining rejalashtirilgan hajmi cheklangan muddatga oshib ketishi mumkin. Der Spiegel nashri yozishicha, Bundestag shu hafta Sudanda bundesver mandatiga ovoz beradi. Bunga parallel ravishda, deputatlar Germaniya va boshqa mamlakatlarning 400 ga yaqin fuqarosi Sudandan evakuatsiya qilinganini avvalgi sana bilan ma’qullaydi. 

Der Spiegel xabarida qayd etilishicha, Germaniya mudofaa va tashqi ishlar vazirliklari nemis askarlariga belgilangan vazifalarni bajarish uchun quroldan foydalanishga ruxsat beruvchi kuchli mandat berishni rejalashtirmoqda. Sudanda Germaniya maxsus kuchlari jangchilarini jalb qilish rejalashtirilgan. Germaniya hukumati buni Sudanda Abdul Fattoh al-Burhon boshchiligidagi muntazam armiya va Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi Tezkor harakat kuchlari o‘rtasida hokimiyat uchun qonli kurash kechayotgan qiyin vaziyat bilan izohladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid