Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Eron Rossiyaga yuz minglab o‘q-dorilar yubordi
Eron so‘nggi 6 oy ichida Rossiyaga 300 mingdan ortiq artilleriya snaryadlari va million dona patronlar yetkazib berdi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ) ismi oshkor etilmagan rasmiylar va jurnalistlar ko‘rgan hujjatlarga tayanib.
Nashrning ta’kidlashicha, Eron qurollari Rossiya Federatsiyasiga Kaspiy dengizidagi yuk kemalarida kelgan.
Avvalroq Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga yaqinda berilgan zarbalarda Shahed-136/131 tipidagi Eron dronlarining yangi partiyasidan foydalanganini bildirgandi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, rossiyaliklar 25 kun ichida birinchi marta Kiyevga yana hujum qilib, 20 aprelda jami 26 ta, 21 aprelda esa 12 ta uchuvchisiz uchoqdan foydalangan. Ukraina harbiylari mos ravishda 21 va 8 ta dronni urib tushirdi, deyiladi hisobotda.
Bundan oldin Janubiy mudofaa kuchlarining birlashgan muvofiqlashtiruvchi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk Eronning kamikadze uchuvchisiz uchoqlari yangi partiyasini qabul qilib olgan Rossiya yaqindagi sukunatdan keyin Ukrainaga havo hujumlarini kuchaytirganini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi belgilarga ega «Shahed-136» dronlaridan foydalanish Mikolayiv va Odessa viloyatlarida qayd etilgan.
Gumenyukning ta’kidlashicha, rossiyaliklar kamikadze dronlardan tinch aholi o‘rtasida keskinlikni saqlash, shuningdek, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari va muhim infratuzilma obektlarini izlab topish uchun foydalanmoqda.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026