Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIning mingdan ortiq fuqarosi Sudandan evakuatsiya qilindi
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel mojaroni hal qilishga chaqirib, Sudanning qulashi “Afrika bo‘ylab zarba to‘lqinlarini yuborishi” haqida ogohlantirdi.
Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqi davlatlari qurolli to‘qnashuv avj olgan Sudandan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishda davom etmoqda. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning 24 aprel, dushanba kuni ma’lum qilishicha, “uzoq va keskin dam olish kunlari” vaqtida 1000 dan ortiq Yevropa Ittifoqi fuqarolari Afrika mamlakatidan olib chiqib ketilgan.
Borrel evakuatsiya qilinganlarning aniq sonini aytmadi, biroq ular orasida Sudanda ishlagan YeIning 21 nafar vakili borligini ta’kidladi. U Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida: "Bu muvaffaqiyatli, ammo qiyin operatsiya bo‘ldi", dedi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari davlatlarga nafaqat o‘z fuqarolarini, balki olib chiqib ketishlari mumkin bo‘lgan barcha odamlarni ham evakuatsiya qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. U, shuningdek, mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. "Biz Sudanning parchalanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, chunki bu butun Afrikani larzaga soladi", deb ogohlantirdi Borrel.
15 apreldan beri Sudanda Abdul Fattoh al-Burxon boshchiligidagi muntazam armiya va Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi Tezkor harakat kuchlari o‘rtasidagi ziddiyat keskin avj oldi. Janglar oqibatida allaqachon yuzlab odamlar halok bo‘ldi, minglab fuqarolar yaralandi.
Mavzuga oid
09:42
Yevroparlament YeI–AQSh bojxona kelishuvi bo‘yicha ishni muzlatdi
13:33 / 21.01.2026
Strasburgda fermerlar YeIning Merkosur bilan kelishuviga qarshi chiqdi
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
13:00 / 20.01.2026