Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi Ukrainani 1991 yilgi chegaralarga qaytarishni talab qildi
Kongressmenlar Ukraina Rossiyani mag‘lub etishi va chegaralarini tiklashi kerakligi haqidagi rezolyutsiyani taqdim etdi. Hujjatda Ukrainani NATOga qabul qilish ham talab qilingan.
Foto: Getty Images
AQShning Demokratik va Respublikachi partiyalari kongressmenlari 25 aprel, seshanba kuni Kongress Vakillar palatasiga Ukrainadagi urush bu davlatning 1991 yilgi chegaralariga qaytishi bilan yakunlanishi kerakligi ta’kidlangan rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. «AQSh siyosati shundan iboratki, Ukraina bosqinni yengib, xalqaro tan olingan chegaralarini 1991 yil doirasida, ya’ni Qrim va Rossiya Federatsiyasi tomonidan annexia qilingan boshqa hududlar bilan tiklashi kerak», deyiladi hujjatda.
Shuningdek, rezolyutsiya loyihasida Ukraina NATOga a’zo bo‘lishi, Rossiya tovon puli to‘lashi, Kreml rasmiylari esa harbiy jinoyatlarda ayblanib sudlanishi kerakligi aytiladi.
Hujjat Kongressning Helsinki komissiyasi a’zolari bo‘lgan respublikachi Jo Uilson va demokrat Stiv Koen tomonidan tayyorlangan. Hujjat ovozga qo‘yilishidan oldin Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ayni paytda, Kongressning Helsinki komissiyasi Twitter’dagi sahifasida 25 aprel kuni Kapitoliy yaqinida Ukrainaning o‘nlab tarafdorlari yig‘ilgani, ular rezolyutsiyaning Kongressga kiritilishini olqishlagani haqida xabar berdi. Yig‘ilganlar orasida Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yushchenko ham bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:58 / 02.01.2026
Tramp sog‘lig‘i a’lo darajada ekanini aytdi
20:09 / 02.01.2026
Eron rasmiylari Trampni Tehronga tahdidlari uchun tanqid qildi
19:10 / 02.01.2026
Kirill Budanov Ukraina prezidenti ofisining yangi rahbari bo‘ladi
19:02 / 02.01.2026