Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi gaz taqsimlash punktlarida 23 mlrd so‘mlik talon-toroj holatlari aniqlandi
4794 tonna suyultirilgan gaz asoslantiruvchi hujjatlarsiz, talon-toroj qilingan.
2023 yilning o‘tgan davri mobaynida Qashqadaryo viloyatida joylashgan 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida suyultirilgan gazni qabul qilish va yetkazishda 22,9 mlrd so‘mlik (4794 tonna) suyultirilgan gaz asoslantiruvchi hujjatlarsiz, talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ushbu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, «O‘zenergoinspeksiya», «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2023 yil mart oyida 510 ta holatda 46,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
15:08 / 21.06.2026
Bo‘rijar kanalida qurilgan mikro GESlar nega ishlamayapti?
17:36 / 26.05.2026