Energetika vazirligi huzuridagi «Özenergoinspeksiya», «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan nazorat tadbirlarida 2023 yil mart oyida 510 ta holatda 46,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan.

Buning oqibatida tizimga 21,9 mlrd söm zarar yetkazilgani ma’lum böldi. Uşbu hajmdagi elektr energiyasi örtaça 231 mingta xonadonning bir oylik iste’molini taşkil qiladi.

Noqonuniy foydalaniş holatlarining eng köpi Farğona, Namangan, Jizzax va Samarqand viloyatlari hissasiga töğri keladi.

Misol uçun, Namangan viloyatidagi «M.S.S.» korxonasiga qaraşli metall mahsulotlarini işlab çiqaruvçi sexda 1,6 mlrd söm, Samarqand viloyatidagi «M.K.» korxonasida 898 mln söm, Farğona viloyatidagi «D.K.» korxonasida 349 mln söm miqdorida qayta hisoblaş işlari amalga oşirilgan.

Qoidabuzar iste’molçilarga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilib, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan.

Eslatib ötamiz, 2023 yil 13 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun bilan «Ma’muriy javobgarlik töğrisida»gi kodeks hamda «Jinoyat kodeksi»ga özgartiş va qöşimçalar kiritilgan, jumladan, elektr energiyasi va gazdan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalaniş öğrilik deb belgilangan edi.