Jahon | 15:40 / 28.04.2023
13947
7 daqiqa o‘qiladi

Baxmutda jangchilarni qutqarayotgan shifokorlar va Mikolayivga zarba oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 428-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vladimir Putin anneksiya qilingan hududlar aholisini, agar Rossiya fuqaroligini qabul qilmasa, deportatsiya qilishga imkon beruvchi farmonini imzoladi. Ular 2024 yil 1 iyulga qadar qaror qabul qilishlari kerak.
  • Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi (PACE) ukrainalik bolalar majburan Rossiyaga olib ketilganini genotsid sifatida tan oldi. Assambleyadagilarning hisoblashicha, bunday ko‘chirishdan maqsad «barcha aloqalarni va ularning ukraincha o‘ziga xosliklarini yo‘q qilish»dan iborat bo‘lgan.
  • RF mudofaa vazirining moddiy-texnik ta’minot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Mixail Mizinsev iste’foga chiqarilgan. Mudofaa vazirligi bu haqda rasman ma’lumot bermadi. Harbiy muxbir Aleksandr Sladkovga ko‘ra, uning o‘rniga shu vaqtgacha Rosgvardiya raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Aleksey Kuzmenkov tayinlangan. Bundan tashqari, Sladkovning hisoblashicha, yaqin vaqtlar ichida vazirlikda navbatdagi iste’folar ro‘y berishi mumkin, chunki «kuchishlatar tuzilmalar blokida kurash bevaqt keskinlashmoqda. Kreml Mizinsevning iste’fosi to‘g‘risidagi xabarlarni izohlashdan bosh tortdi.
  • AQSh razvedkasi RF mudofaa vazirligi shartnoma asosida 415 ming kishini yollamoqchi ekanidan xabar topdi. Shundan 115 ming kishini urushga jo‘natish mo‘ljallangan. Rossiya tomoni bu ma’lumotga munosabat bildirmadi.

Mikolayivga zarba

Mikolayiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimga ko‘ra, 27 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini shahar bo‘ylab «Kalibr» rusumli to‘rtta raketa uchirgan. Zarbalar oqibatida xususiy uy vayron bo‘lgan, ko‘p qavatli turar joy binosi va tarixiy bino (aynan qaysiligiga aniqlik kiritilmagan) shikastlangan. Bir kishi halok bo‘lgani va 23 kishi yaralangan — ular orasida bir bola ham bor.

«Janub» operativ qo‘mondonligi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyukning aniqlik kiritishicha, Mikolayivga zarba Qora dengiz akvatoriyasidan turib berilgan. Rossiya mudofaa vazirligi o‘z svodkasida ma’lum qilishicha, tunda Rossiya qo‘shini «dushman zaxira kuchlari dislokatsiya qilingan punktlar bo‘ylab yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarbalar yo‘llagan».

Quyida Mikolayivga zarba oqibatlari aks etgan suratlar.

Rossiya zarbasidan keyin Mikolayivdagi tarixiy binoda chiqqan yong‘in
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
Otishmalar chog‘ida vayron bo‘lgan xususiy uy
Ukraina qurolli kuchlari / EPA / Scanpix / LETA

Yaqinlari bilan vidolashayotgan ukrain askarlari

Donetsk oblastining Kramatorsk vokzalida o‘z yaqinlari bilan xayrlashayotgan ukrain jangchilari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi dala hospitali

Donetsk oblastining Baxmut shahri uchun janglar davom etmoqda. Ukraina QK Sharqiy qo‘shinlar guruhi spikeri Sergey Cherevatiyning ma’lum qilishicha, Ukraina armiyasi hamon Baxmutga o‘q-dorilar, oziq-ovqat, askarlar uchun anjomlar, dori-darmonlar yetkazish, shuningdek, shahardan yaradorlarni olib ketish imkoniyati saqlanib qolmoqda. U «rossiyaliklarda doim [Baxmutni egallash bo‘yicha] qator dedlaynlar bo‘lishi»ga urg‘u qaratgan:

Avvaliga — 1 maygacha edi, endi 9 mayga o‘zgardi, ayniqsa ular endigina ustun kela boshlagani uchun. Ammo bizning qo‘mondonlarimiz va askarlarimizning qahramonligi, jasorati, professionalizmi, matonati ko‘plab oylar mobaynida ularning barcha dedlaynlarini bekor qilib kelmoqda.

RF mudofaa vazirligining 27 aprel kungi svodkasida aytilishicha, «shturm otryadlari Baxmutning shimoliy-g‘arbiy, g‘arbiy va janubiy-g‘arbiy qismlaridagi to‘rtta kvartalni egallab olgan, Havo-desant qo‘shinlari bo‘linmalari esa raqibni shaharning shimoliy va janubiy chekkalarida tang ahvolga solib qo‘ygan». Ukraina tomoni bu bayonotga munosabat bildirmadi.

Ukraina QK jangchilari yarador quroldoshini Baxmut atrofidagi dala hospitaliga olib ketmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy shifokorlar yarador askarlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Lviv oblastidagi qishloqda g‘alaba yodgorligi snos qilinishi

Lvivdan taxminan 70 kilometr masofada joylashgan Chernevo qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba sharafiga o‘rnatilgan sovetlar monumentini demontaj qilayotgan ishchilar. Inqilobgacha bo‘lgan Rossiya va SSSR bilan bog‘liq bo‘lgan yodgorliklarni snos qilish ishlari Ukrainada keng ko‘lamli bosqindan avvalroq boshlangandi, 2022 yil 24 fevralidan keyin esa bu jarayon ommaviy tus oldi. O‘tgan yil mobaynida Aleksandr Pushkinning 30 ga yaqin haykallari, shuningdek Yekaterina II, Aleksandr Suvorov, Georgiy Jukov va sovet jangchilarining 20 ga yaqin haykallari buzib tashlangan.
Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Moskva tomonidan tayinlangan ma’muriyatga ko‘ra, 27 aprel kuni Ukraina QK Donetsk oblastidagi shahar va qishloqlarni, jumladan Donetsk shahrini 35 bor o‘qqa tutgan. Panteleymonovka posyolkasida bir ayol halok bo‘lgani aytilgan. Ukraina QK bosh shtabi o‘z svodkasida bu hujum haqida tilga olmagan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Peterburg shahri va oblastda urush fonidagi hayot 

Maktab o‘quvchilari rossiyalik harbiy, Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan, vafotidan keyin prezident tomonidan Jasorat ordeni bilan taqdirlangan Maksim Ulyanovga o‘rnatilgan yodgorlikka gul qo‘yishmoqda. Fotosurat Leningrad oblastining Kingisepp shahrida Ulyanov o‘qigan maktabda olingan.
Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA
Sankt-Peterburg aholisi Do‘stlik Bog‘ida. Bilbordda — «Rossiyaga xizmat qilish — haqiqiy ish» shiori ostida shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tash haqidagi reklama
Dmitriy Lovetskiy / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid