Yevropa Ittifoqining sanksiyalar böyiça maxsus vakili Devid ÖSallivan ikki kunlik taşrif bilan Özbekistonga keldi. U prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvdan söng matbuot anjumanida iştirok etdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
Tadbir avvalida maxsus vakil “Katta yettilik” davlatlari va AQŞ tomonidan Rossiyaga qarşi işlab çiqilgan sanksiyalar faqat bitta maqsad – uning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruş olib boriş qobiliyatiga putur yetkazişdan iborat ekanini eslatdi.
“Ta’kidlamoqçiman: biz uçinçi davlatlarga, xususan, Özbekistonga nisbatan sanksiyalar qöllaş niyatida emasmiz, şuningdek, Özbekistonning rivojlanişiga, uning boşqa davlatlar, jumladan, Rossiya bilan savdo aloqalariga xalaqit beriş istagi ham yöq”, – dedi Devid ÖSallivan.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni uçinçi davlatlar orqali çetlab ötiş imkoniyatidan xavotirda.
“Sönggi paytlarda biz noodatiy savdo operatsiyalarini hamda YeI mamlakatlarida işlab çiqarilgan va sanksiyalar toifasiga mansub mahsulotlar uçinçi davlatlar hududi orqali Rossiya hududiga qandaydir tarzda kirib borişini kuzatdik”, – dedi maxsus vakil.
Uning ta’kidlaşiça, bir qator mamlakatlarda YeI davlatlarida sanksiya ostiga kiritilgan tovarlar importi köpayişi kuzatilmoqda.
“Şu bois Özbekistonga kelişimdan oldin BAA, Turkiya, Qozoğistonda böldim. Gruziya, Armaniston va Serbiyaga boriş niyatim ham bor. Yana bir bor ta’kidlaymanki, Özbekiston biz öz missiyamiz bilan boradigan davlatlardan biri, xolos”, – dedi YeI maxsus vakili.
Devid ÖSallivanning sözlariga köra, sönggi oylarda Yevroittifoq moliyaviy masalalar böyiça Özbekiston Bojxona qömitasi va Markaziy banki bilan samarali axborot almaşgan. “Biz uşbu muloqotda ba’zi muammolarni iş tartibida hal qila oldik”, – dedi u.
“Biz Özbekistonning [Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi masalasida] betaraf qoliş istagini hurmat qilamiz va şunga qaramay, katta iştiyoq va minnatdorçilik bilan Özbekiston öz hududidan joriy qilingan sanksiyalarni çetlab ötiş uçun foydalanişga qarşi ekaniga işonç hosil qildik. Bu davlatning siyosiy tanlovi ekanini tuşunamiz”, – dedi Devid ÖSallivan.
Uning ta’kidlaşiça, amaliy aloqalar çoğida YeI Özbekiston tomoniga Yevroittifoqqa a’zo davlatda işlab çiqarilgan ikki tomonlama yoki harbiy maqsadlarda foydalanişga möljallangan hamda “Rossiya harbiy maşinasining Ukraina xalqiga qarşi qotillik uruşini olib boriş qobiliyatiga hissa qöşadigan” mahsulotlar röyxatini topşirgan.












