Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Janubiy Xitoy bozoriga yetkazib beriladi
O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulligi diplomatlari «Yuqori sifatli rivojlanish va oziq-ovqat, meva-sabzavotlar importi» mavzusiga bag‘ishlangan taqdimotda ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Xitoy vakillari O‘zbekistonda biznes vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, o‘zbek tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli, ekologik toza mahsulotlarni Janubiy Xitoy provinsiyalari bozoriga yetkazib berish takliflari bildirildi.
Joriy yilning 21-23 sentabr kunlari Guanchjou shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Food2China Expo and the Guangzhou International Food & Ingredient Fair ko‘rgazmasiga o‘zbek ishlab chiqaruvchi va eksportyorlari ham taklif qilindi.
Ushbu ko‘rgazmada ishtirok etish mamlakat qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 300 million kishilik Janubiy Xitoy hududiga eksporti hajmini oshirish, yangi importyor hamkorlar topish va eksport shartnomalari imzolash imkonini beradi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
08:29 / 15.05.2026