Sanksiyalar böyiça maxsus vakil – kim, u nima iş bajaradi? Odatda, davlatlar biron bir muhim vazifani, missiyani amalga oşirmoqçi bölsa, şu vaziyatni kuzatiş va ijrosini bajariş böyiça, maxsus vakil lavozimini joriy qiladi.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi 7 mingdan ortiq sanksiyalar joriy qildi. Bu bilan, Rossiyaga qarşi joriy qilingan sanksiyalar, Eron va Şimoliy Koreyaga qarşi joriy qilingan sanksiyalardan ham oşib ketdi.
Sanksiyalarning maqsadi, vazifalari har xil böladi. Sanksiyalar aniq şaxslarni, siyosiy elitani, ma’lum sohalarni, butun bir jamiyat va davlatni nişonga olişi mumkin. Rossiyaga qarşi qöllanilgan sanksiyalarning turi köp. Devid ÖSallivan Toşkentga kelib, sanksiyalarning maqsadini tuşuntirdi, Özbekistondan söralayotgan masalaga izoh berdi.
Demak, şu paytgaça Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan aniq maqsadli sanksiyalar qölladi. Maqsad – Rossiya harbiy maşinasining kuçayişiga yordam bermaslik, Rossiyaga ikki maqsadli texnologiyalar kirib borişiga yöl qöymaslik.
Devid ÖSallivan sanksiyalar faqat Yevropa Ittifoqida işlab çiqarilgan mahsulotlarga tegişli ekanini tuşuntirgan. Misol uçun, Özbekistonning özida yoki dunyoning boşqa nuqtalarida işlab çiqarilgan mahsulotlarga nisbatan heç qanday sanksiyalar mavjud emasligi bildirilgan.
Bular qaysi mahsulotlar? Blok-sxemalar, mikroçiplar, qurol-yaroğ, artilleriya va qanotli raketalar uçun işlatiladigan optik jihozlar va boşqa maxsus materiallar. Yevropa Ittifoqining maxsus vakili sözlariga köra, keyingi bir yilda Özbekiston mana şu mahsulotlar sotib olişni köpaytirgan. Import miqdori 126 foizga oşgan.
Maxsus vakil sanksiyalar maqsadini tuşuntirib, bu Özbekiston va Rossiya iqtisodiy aloqalarini pasaytiriş, zarar yetkaziş emasligini aytgan.
Rossiya – Özbekistonning birinçi yoki ikkinçi savdo-iqtisodiy hamkori. Ğarb geostrategiyasida, Özbekiston mintaqaning, possovet hududining muhim davlatlaridan biri sifatida köriladi. Şuning uçun, Özbekiston iqtisodiyotiga zarar – davlatni zaiflaştiruvçi, geosiyosiy salohiyatini pasaytiruvçi omil sifatida köriladi.
YeI vakili Özbekistonning betaraflik siyosatini tuşuniş bilan qabul qilişini aytgan. Aslida, Özbekistonning betaraflik siyosatidan maqsad – befarqlik emas. Betaraflik – Özbekistonni mojaroga tortişlariga imkon bermaslik vositasi hisoblanadi. Lekin, Özbekiston, qolaversa, butun Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari, Ukraina uruşiga nisbatan befarq emas. Çunki bu uruşning oqibatlari, bevosita butun mintaqa davlatlarining taqdirida, öz aksini topadi.

















