O‘zbekiston | 15:28 / 29.04.2023
11686
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerning taklifiga binoan joriy yil 2-3 may kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif dasturida Berlin shahrida federal prezident Frank-Valter Shtaynmayyer va federal kansler Olaf Shols bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi, xalqaro kun tartibining turli jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan innovatsion-texnologik sheriklikni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli loyiha va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda davlatimiz rahbari ushbu mamlakat biznesining yetakchilari bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi.

Tashrif chog‘ida Jyeyms Simons galereyasida “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko‘rgazmaning ochilishi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq may oyida Xitoyda davlat rahbarlarining Markaziy Osiyo – Xitoy sammiti bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev iyunda Italiyaga tashrif buyurishi ham reja qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid