Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev yozda Italiyaga taşrif buyuradi. Bu haqda 26 aprel kuni Toşkentga taşrif buyurgan Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto Italiyaning Vista agentligiga ma’lum qildi.
Unga köra, Şavkat Mirziyoyevning Italiya prezidenti Serjio Mattarella, boş vazir Jorja Meloni va taşqi işlar vaziri Antonio Tajani bilan muzokaralari rejalaştirilgan.
Guido Krozetto Özbekiston prezidentining Rimga taşrifi mamlakatlar örtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning yangi bosqiçini boşlaşini ta’kidladi.
Italiya mudofaa vaziri Özbekistonga taşrifi doirasida mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va mamlakat prezidenti bilan uçraşdi.

















