Jahon | 14:10 / 29.04.2023
25881
5 daqiqa o‘qiladi

Umanda ko‘p qavatli uyga urilgan raketa va ukrainlarning javobi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 429-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya 28 aprel kuni 9 mart kunidan buyon ilk bor Ukraina hududi bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. Umanda raketa to‘qqiz qavatli uy pod’yezdini vayron qilishi oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, qurbonlar orasida besh nafar bola ham bor.
  • Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatida snaryad  marshrutkaga kelib urilgan, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Anneksiya qilingan shahar meri Aleksey Kulemzinga ko‘ra, qurbonlarning biri — sakkiz yoshli qizaloq edi.
  • Yevrokomissiya Ukraina qishloq xo‘jalik mahsulotlarini YeI hududiga olib kirishga cheklovlar bo‘yicha kelishib oldi. «Ukraina bilan ham kelishilgan bitimning muhim elementlari: Polsha, Slovakiya, Bolgariya va Vengriya tomonidan importga qo‘yilgan milliy cheklovlar bekor qilinishi; to‘rt turdagi mahsulotlar — bug‘doy, jo‘xori, kolza va kungaboqar uchun alohida ehtiyot choralari joriy etish, YeIning besh mamlakatida jabrlangan fermerlar uchun 100 million yevro miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash paketi», — deya xabar bergan Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Valdis Dombrovskis.
  • RF hukumati neft va gaz qazib olish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi. Bu ma’lumotlarsiz mustaqil tahlilchilar, masalan, YaIM bo‘yicha prognoz qila olishmaydi.
  • Putin davlatga xiyonat uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish haqidagi qonunni imzoladi.

Umandagi turar joyga zarba

Rossiya 28 aprelga o‘tar kechasi Ukraina shaharlarini yoppasiga o‘qqa tutdi. Dnipropetrovsk, Cherkass va Kiyev oblastlari, jumladan Kiyev shahriga zarbalar yo‘llangan. Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning ma’lum qilishicha, Rossiya jami 23 ta qanotli raketa uchirgan, shundan 21 tasi urib tushirilgan.

Raketalardan biri Cherkass oblastining Uman shahridagi to‘qqiz qavatli uyga kelib urilgan. 23 kishi halok bo‘lgan, ularning besh nafari bolalar. Shuningdek atrofdagi o‘nga yaqin ko‘p kvartirali uylar hamda 30 ga yaqin avtomobillar ham shikastlangan. Shaharda uch kunlik motam e’lon qilindi.

RF mudofaa vazirligi har kungi svodkasida «uzoq masofaga aniq boruvchi qurollar bilan yo‘naltirilgan zarbalar berilgani»ni tasdiqlagan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar «raqibning zaxira kuchlari dislokatsiya punktlari bo‘ylab» berilgan. «Zarbadan maqsadga erishildi. Barcha belgilangan obektlar aniq nishonga olindi. Ukraina qurolli kuchlari dengiz piyodalari bo‘linmalari harbiy harakatlar hududiga harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmadi», — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida. Zarbalardan bir necha soat o‘tib RF mudofaa vazirligi telegram-kanalida «Tochno v tsel» yozuvi va «GeroiZ» heshtegi aks etgan kartinka paydo bo‘lgandi.

Umanda vayron bo‘lgan to‘qqiz qavatli uy
Ukraina IIV / Reuters / Scanpix / LETA
Umanda raketa kelib tushgan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Umanda rossiyaliklar zarbasi oqibatida halok bo‘lgan ayol jasadi
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Uman aholisi vakillari vayron bo‘lgan turar joy binosi atrofida
Roman Pilipey / Getty Images
Qutqaruvchilar va mahalliy aholi vakillari xarobalarni tozalamoqda
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Halok bo‘lgan kishi jasadini olib ketayotgan qutqaruvchilar
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Anneksiya qilingan «DXR» rahbari Denis Pushilin 28 aprel kuni ma’lum qilishicha, Ukraina qo‘shini Donetskning markaziy rayonlarini o‘qqa tutdi. Snaryadlardan biri odamlar ketayotgan marshrutkaga urilgan — avtobus to‘liq yonib ketgan. Anneksiya qilingan shahar meri Aleksey Kulemzinning so‘zlariga ko‘ra, shaharda to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan. Kulemzin qurbonlarning biri sakkiz yoshli qizcha bo‘lganini ma’lum qildi. Ukraina QK Donetskka hujum yuzasidan izoh bermadi.

Donetsk markazida yonib ketgan avtobus
Tez yordam va FVV xodimlari Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan ayol jasadi tepasida
Donetskda yashovchi 66 yoshli Volodimir Kotenev otishma oqibatida jiddiy shikastlangan uyida
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid