Rossiyalik harbiylar 28 aprelga ötar keçasi Ukraina böylab navbatdagi raketa zarbalari seriyasini amalga oşirdi. Dnipropetrovsk, Çerkass va Kiyev oblastlari, jumladan Kiyev şahriga zarbalar yöllangan. «Ukrenergo»dan xabar qilişlariça, zarbalar energetika obektlariga kelmagan va elektr energiyasi iste’molida çeklovlar kiritilmaydi. Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyning ma’lum qilişiça, Rossiya jami 23 ta qanotli raketa uçirgan, şundan 21 tasi urib tuşirilgan. Uning ma’lumotiga köra, zarbalar Kaspiy dengizi akvatoriyasidan turib Tu-95 rusumli bombardimonçilar orqali yöllangan.
Bunday yoppasiga hujum sönggi bor 9 mart kuni kuzatilgandi. Ötgan oy boşida Ukraina şaharlari Bryansk oblastidagi diversiyaga javoban öqqa tutilgandi. Öşanda Zalujniy rossiyalik harbiylar quruqlik, dengiz va havodan jami 81 raketa uçirgani haqida ma’lum qilgandi.
Çerkass oblastidagi Uman şahrida raketa töqqiz qavatli uyga kelib urilgan. Natijada, rasmiylarning sönggi ma’lumotlariga köra, 21 kişi halok bölgan, şundan uç nafari bolalar, 18 kişi yaralangan. Içki işlar vaziri Igor Klimenkoning ma’lum qilişiça, qutqaruv amaliyoti kamida bir kun davom etadi. Klimenkoning ma’lumotiga köra, yaqin atrofda joylaşgan yana önta köp kvartirali uylar, şuningdek, 30 ga yaqin avtomobillar şikastlangan. Şaharda uç kunlik motam e’lon qilingan, barça köngiloçar tadbirlar noma’lum muddatga qoldirilgan.

Gödakning ölimi haqidagi ma’lumotni Ukraina prezidenti ofisi maslahatçisi Darya Zarivna ham tasdiqlagan. «U 3-4 yoşlarda bölgan. Heç kimga heç qanday yomonlik qilmagan gödak. Men buni aqlimga siğdira olmayapman», deya yozgan u öz telegram-kanalida.
Dniproda xususiy turar joylardan biri vayron bölgan. Natijada, region rahbari Sergey Lisakning ma’lum


















