Turkiyada 14 may kuni prezidentlik saylovlari bölib ötadi. Rajab Toyyib Erdöğan yangi muddatga saylaniş uçun öz nomzodini qöygan, biroq u yutqazişi mumkin. Amaldagi prezidentning asosiy raqibi 74 yoşli muxolifat nomzodi, Turkiya parlamenti deputati, Respublika Xalq partiyasi yetakçisi Kamol Qiliçdoröğlidir. Sörovnomalar şuni körsatmoqdaki, u va Erdöğanning ğalaba qozoniş imkoniyatlari taxminan teng. Qiliçdoröğli hatto kiçik farq bilan yetakçilik ham qilmoqda. Metropoll tomonidan aprel oyida ötkazilgan sörovnomalar natijalariga köra, saylovçilarning 42,6 foizi Qiliçdoröğliga ovoz berişga tayyor, 41,1 foizi esa Erdöğanni qöllab-quvvatlamoqçi.
Saylovda yana ikki nomzod röyxatga olingan. Ular Memleket (Ona yurt) partiyasi yetakçisi Muharrem Injye va Turkiya parlamentining sobiq deputati Sinan Ögan. Sörovnomalarga köra, saylovçilarning 5 foizi Injyega, 2 foizdan sal köproği Öganga ovoz beriş niyatida.
Kamol Qiliçdoröğli «repressiv tuzumga demokratik yöl bilan çek qöyiş»ga çaqirmoqda. «Bu demokratiyani avtoritar boşqaruvdan himoya qiluvçilar saylovidir», degan u Time jurnaliga bergan intervyusida. Qiliçdoröğli Turkiyani 2018 yilgaça mavjud bölgan parlament respublikasi boşqaruv şakliga qaytariş tarafdori. 2017 yil ötkazilgan konstitutsiyaviy referendum natijalariga köra, Turkiya prezidentlik respublikasiga ötişi böyiça qaror ma’qullangandi.

Depo Photos / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Qiliçdoröğlining fikriça, Turkiya Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaroda «vositaçi» bölib qolişi kerak. Bu haqda uning maslahatçisi Unal Çevikoz Politico naşriga ma’lum qilgan. Şu bilan birga, u Turkiya «Rossiya energiya taşuvçilari importiga juda boğlanib qolgani uçun» Rossiya bilan «nomutanosib» munosabatlarni rivojlantirganini ta’kidlagan.
«Biz Turkiyaning NATO a’zosi ekaniga urğu beramiz. Rossiya bilan muzokaralarimizda biz, albatta, teng huquqli munosabatlarga intilamiz, lekin Rossiyaga Turkiya NATOning bir qismi ekanini eslatamiz», — degan Qiliçdoröğlining maslahatçisi.
Turkiyadagi prezidentlik saylovlariga olti oy qolganda Erdöğanning eng asosiy raqibi bölişi kutilgan Istanbul meri Akrom Imomöğli sud tomonidan ayblangandi.


















