Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston diplomatlari Stokholmda Shvetsiya migratsiya agentligi vakillari Mats Ekxolm va Sara Nilsson bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va qirollik o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, Shvetsiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shvetsiya tomoni O‘zbekistonning Stokholmda elchixonasi ochilganini mamnuniyat bilan qarshi oldi. Ularning fikricha, bu mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni faollashtirishga, shuningdek, migratsiya sohasidagi yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etishga xizmat qiladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha mehnat migratsiyasi sohasida O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligini kengaytirish masalasini yanada o‘rganish maqsadida muntazam aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026