Foto: O‘zbekiston prezidentining Germaniyaga tashrifi boshlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerning taklifiga binoan 2 may kuni tashrif bilan Berlinga yetib bordi.
«Berlin-Brandenburg» aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Germaniyaning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Bugun davlat rahbari federal kansler Olaf Shols bilan uchrashuv o‘tkazadi.
PS: Mirziyoyeva Ziroát Maxmúdovna (1964 yil 4 dekabr kuni tug‘ilgan, Qo‘qon shahri, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston SSR) – jamoat arbobi, muhandis-iqtisodchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning rafiqasi.
Ziroat Mirziyoyeva 1964 yil 4 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (hozirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) muhandis-iqtisodchi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi. Ikki nafar qizi va bir nafar o‘g‘li bor. Mumtoz va milliy musiqani xush ko‘radi, tarix bilan qiziqadi.
2020 yildan buyon O‘zbekistonda ochiq va inklyuziv muhitni yaratish orqali aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha qator xayriya loyihalarini amalga oshirayotgan “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisidir.
Fond faoliyatining ustuvor yo‘nalishi atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat. Ko‘kalamzorlashtirish, havo sifati monitoringini avtomatlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yoshlar orasida ekologik ta’limni rivojlantirish, olis hududlarda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy va ekologik sohalardagi dolzarb masalalarga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadida ham milliy, ham xalqaro darajada qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
08:28 / 09.11.2024
Robert Habek Germaniya kanslerligiga nomzod bo‘lishi mumkin
07:51 / 07.11.2024
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
21:31 / 06.11.2024
Germaniya muhim infratuzilmalar himoyasini kuchaytirish niyatida
17:38 / 04.11.2024