Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sarimsoq yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda
Sarimsoq hosildorligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Foto: AP
Dunyo bo‘ylab har yili taxminan 27 million tonna sarimsoq yetishtiriladi yoki aholi jon boshiga 3,3 kg. O‘rtacha hosildorlik 1 gektardan 10-15 tonnani tashkil qiladi. Bu haqda Atlasbig xabar berdi.
Dunyoda sarimsoq yetishtirishning 80 foizdan ortig‘i Xitoy ulushiga to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholi jon boshiga bu o‘simlikni yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiladi (taxminan 15 kg) va hosildorlik (25-27 tonna) bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi.
Sarimsoq hosildorligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda birinchi o‘rinda turadi (1 gektardan 25-30 tonna).
Dunyoda sarimsoqning asosiy eksportchilari: Xitoy, Janubiy Koreya, Myanma, Misr, Ukraina va O‘zbekiston. Bular, asosan, yiliga aholi jon boshiga 5 kg dan ortiq sarimsoq yetishtiradigan mamlakatlardir.
Sarimsoqning yirik importchilari Rossiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:28
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026