Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Afg‘onistonda giyohvand moddalar bilan bog‘liq vaziyat monitoringi bo‘yicha markaz ochiladi
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi va Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Abat Fayzullayev BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT NJB) siyosat tahlili va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi direktori Jan-Lyuk Lemayyo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT NJB o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Jan-Lyuk Lemayyo O‘zbekiston hukumatiga giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni, xususan, Afg‘oniston va qo‘shni mamlakatlarda giyohvand moddalar bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. U markazning ochilish marosimida ishtirok etish uchun 4-5 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida ham ma’lum qildi.
Markazni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuv 2021 yil 24 noyabrdagi O‘zbekiston prezidentining BMT NJB ijrochi direktori Gada Fatxi Vali bilan uchrashuvi davomida erishilgan va 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston va BMT NJB o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ga kiritilgan.
Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar ko‘p tomonlama xalqaro hamkorlik transmilliy jinoyatchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va giyohvand moddalarni iste’mol qilishga qarshi kurashda samarali xalqaro javob choralarini muvofiqlashtirishning kaliti ekanligini ta’kidladilar.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026