O‘zbekiston | 11:22 / 03.05.2023
4861
1 daqiqa o‘qiladi

Baxtiyor Saidov va Annalena Berbok hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

Berlinga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov GFR TIV rahbari Annalena Berbok bilan muzokaralar  o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

«Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Xonimi Oliyalari bilan uchrashishdan mamnunmiz», - deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida. 

Oliy darajadagi muzokaralar arafasida O‘zbekiston – Germaniya kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. 

Oxirgi 6 yilda savdo aylanmasi hajmi hamda qo‘shma korxonalar soni 2 barobar, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar esa 10 barobar oshdi. 

«Biz O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Deklaratsiyani ham imzoladik», dedi Baxtiyor Saidov.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid