Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
Baxtiyor Saidovning ma’lum qilishicha, uchrashuv Antaliya diplomatik forumi doirasida bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Baxtiyor Saidovning ma’lum qilishicha, uchrashuv Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan.
“Antaliya diplomatik forumi doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga janoblari bilan uchrashdik”, – deb yozgan O‘zbekiston TIV rahbari o‘z Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
“Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik”, – deyiladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri xabarida.
Mavzuga oid
11:25
Ukraina Rossiya gaz infratuzilmasiga ham zarbalarni kuchaytirmoqda
10:10 / 08.07.2026
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:44 / 08.07.2026
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
09:55 / 07.07.2026