London: Rossiya qanotli raketalar zaxirasini to‘ldirishga harakat qilmoqda
Rossiya 28 aprel va 1 may kunlari Ukrainaga qilingan hujumlarda avvalgi hujumlarga qaraganda kamroq raketalardan foydalandi, deya qayd etdi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi kundalik sharhida.
Bu, ehtimol, Rossiya Federatsiyasining qanotli raketalar zaxirasini tiklashga urinishlari bilan bog‘liq, deya ta’kidlaydi London.
Bundan tashqari, vayron bo‘lgan binolarga berilgan zarbalar nishonlarning energiya infratuzilmasidan harbiy, sanoat va logistika infratuzilmasiga o‘tgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi, deya ta’kidlaydi Britaniya Mudofaa vazirligi.
Moskva Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga yetib borishga qodir Amerika raketalarining joylashtirilishidan xavotirda. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni joylashtirishga qo‘yilgan moratoriyni yanada zaiflashtiradi qiladi.
Rossiya Qo‘shma Shtatlarni beqarorlik harakatlarida aybladi hamda yerda o‘rta va qisqa masofali raketalarni joylashtirishga qo‘yilgan moratoriydan qaytish bilan tahdid qildi. «AQSh va uning ittifoqchilarining beqarorlashtiruvchi harbiy dasturlari bizning moratoriyimizni tobora zaiflashtirmoqda», dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurollarni tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori Vladimir Yermakov 25 aprel kuni TASS agentligiga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
14:14 / 12.11.2024