Toshkentdagi Qoratosh ko‘chasida yo‘l o‘pirildi - bunga nima sabab bo‘ldi?
Hodisa oqibatida Nexia 3 avtomobiliga yengil zarar yetgan. Yoriqda paydo bo‘lgan suv yer ostidan emas, balki ko‘chadan o‘tgan yerosti issiq suv quvuri yorilishidan paydo bo‘lgan.
1 may kuni Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida yo‘l o‘pirilib tushgani va paydo bo‘lgan yoriqda suv oqib turgani aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. Hodisa guvohi bo‘lgan «Samarqand darvoza» SKMning xavfsizlik xizmati boshlig‘i Toyir Abdurazzoqov Kun.uz’ga voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.
«1 may kuni, taxminan, soat 16:23 larda qo‘riqlash xizmati xodimlari xabar berishdi. Yo‘l o‘pirilib, suv toshib chiqayotgani va bitta Nexia avtomobili o‘pirilgan joyga tushib ketgani haqida aytishdi. Keyin kuzatuv kamerasidan ko‘rdik — birinchi turistlarni tashuvchi avtobus o‘tgan. Avtobus og‘irligi ta’siridanmi yo‘l cho‘kkan. Undan keyin oq Lacetti o‘tgan. Keyin Nexia 3 avtomobili, uning old qanot qismi va g‘ildiragiga yengil zarar yetgan. Biz atrofni darhol o‘rab, odamlarni chekkaga olishga harakat qildik. Birozdan keyin mas’ul xodimlar texnikalari bilan yetib keldi. Ular suvni o‘chirib, xavfsiz holatga keltirdi», – deydi u.
Abdurazzoqov cho‘kkan joyda paydo bo‘lgan suv yer ostidan emas, balki hududdan o‘tgan issiq suv quvuridan chiqqanini ta’kidladi.
Kun.uz holat bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Unga ko‘ra, suv quvurining yorilishi poytaxtning issiq suv ta’minotiga mas’ul bo‘lgan «Veolia energy Tashkent» XK MChJ tomonidan issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari) o‘tkazilayotgan vaqtda yuz bergan.
«Veolia energy Tashkent» XK MChJ rasmiy vakili ham Kun.uz’ga holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, 2023/24 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tasdiqlangan grafik asosida 1 may kuni o‘tkazilayotgan sinov paytida ushbu holat sodir bo‘lgan. Yuz bergan nosozlik korxona tomonidan 2 may kuni bartaraf etilgan, deyiladi rasmiy izohda. Shuningdek, 3 may kuni yo‘lning o‘pirilgan qismi asfaltlangan.
Ta’kidlanishicha, zarar yetgan Nexia 3 avtomobili haydovchisi bilan suhbat o‘tkazilib, avtoulov sug‘urtalangani sabab ko‘rilgan zarar sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilishi qayd etilgan.
Qayd etish joiz, Toshkent shahrida 2023 yil 1 maydan boshlangan issiqlik tarmoqlarining kuz-qish mavsumiga tayyorligini tekshirish bo‘yicha sinovlar 4 avgustgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hayit kuni qurbon bo‘lgan g‘azoliklar, husiychilarga Trampdan tahdid va «Tolibon»ni legallashtirmoqchi bo‘layotgan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:56
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi davom etadi
O‘zbekiston | 13:21
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
Mavzuga oid

09:32
Toshkentda lift ichida qulflanib qolgan bola qutqarildi

23:27 / 28.03.2025
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

21:02 / 26.03.2025