Zelenskiy Finlandiyaga bordi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 3 may kuni tushdan keyin Helsinkiga tashrif buyurdi. U bu yerda Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan uchrashgan. Xavfsizlik zarurati tufayli tashrif haqida oldindan e’lon qilinmagandi.
Ikki davlat rahbari Finlandiyaning Ukrainani qo‘llashi, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va global geopolitik vaziyatni muhokama qilishgan.
Kunning ikkinchi yarmida Zelenskiy Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya bosh vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Sammitda Ukrainadagi mojaro va Shimoly Yevropa mamlakatlari tomonidan mamlakatning qo‘llab-quvvatlanish darajasi muhokama etiladi.
AQSh va NATOga qo‘shilgan Finlandiya mudofaa sohasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar kelishuv tuzilsa, Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari Finlandiya hududidan mashg‘ulotlar va texnikani joylashtirish uchun erkin foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Prezident Sauli Niinistyo kelishuv haqida Finlandiya xavfsizligini maksimal darajada oshirish yo‘li sifatida gapirdi va Qo‘shma Shtatlar bu masalada muhim omil ekanligini ta’kidladi.
Finlandiya 4 aprel kuni NATOning 31-a’zosiga aylandi. Shimoliy Atlantika ittifoqining Rossiya bilan umumiy chegarasi ikki baravar ko‘paydi va 2600 kilometrga yetdi.
Mavzuga oid
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
00:15 / 09.11.2024
Axios: Ilon Mask Trampning Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida ishtirok etgan
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
10:42 / 08.11.2024