O‘zbekiston | 10:18 / 04.05.2023
5944
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Avstriya ishbilarmon doira vakillari biznes missiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Avstriya Federal iqtisodiyot palatasi vitse-prezidenti Filipp Gadi bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Uchrashuvda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Avstriya hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi doirasida biznes-forum tashkil qilish hamda O‘zbekistonga Avstriya ishbilarmon doira vakillarining biznes missiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Federal iqtisodiyot palatasi vitse-prezidenti Filipp Gadi so‘nggi yillarda Avstriya ishbilarmon doira vakillarining O‘zbekistonda faoliyat yuritishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi. U shuningdek, 2022 yil iyun oyida Toshkent shahrida «O‘zbekiston – porlayotgan yulduz: Buyuk ipak yo‘lidagi yangi imkoniyatlar» shiori ostida o‘tkazilgan Austria Connect Central Asia konferensiyasi yakunlarini yuqori baholadi.

Filipp Gadining aytishicha, so‘nggi yillarda Avstriyaning turizm sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga katta e’tibor qaratmoqda.

Tomonlar joriy yil 1-3 mart kunlari Avstriya biznes missiyasining O‘zbekistonga safari yuqori samara ko‘rsatganligini qayd etishdi. Mazkur biznes missiya doirasida Avstriya delegatsiyasining «Amirsoy», «Beldersoy» va «Chimyon» turistik zonalariga tashriflari amalga oshirilib, V2V formatidagi uchrashuvlarda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olingan edi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar 2023 yil IV choragida O‘zbekistonga Avstriyaning yirik  ishbilarmonlaridan  iborat delegatsiyaning biznes missiyasini tashkil etilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid