Foto: FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka sovg‘a qildi
O‘zbekiston prezidenti mamlakatda FIFAning yirik tadbirlarini o‘tkazishni taklif etdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan 5 may kuni o‘tkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
«Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, iste’dodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Janni Infantino O‘zbekiston yetakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdig‘i ekanini ta’kidladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Uchrashuvda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va FIFA o‘rtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy futbol klasterini tashkil etish choralari ko‘rilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.
O‘zbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Assotsiatsiyamiz salohiyatini oshirishga texnik ko‘makni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
FIFA rahbari O‘zbekiston prezidentiga Mirziyoyev familiyasi va 24 raqami aks etgan futbolka sovg‘a qilgan.
Mavzuga oid
15:16 / 18.07.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi, Ispaniya 3-o‘ringa ko‘tarildi
22:37 / 06.05.2024
FIFA futzal milliy jamoalarining reytingini yangiladi: O‘zbekiston jahonda 11-pog‘onaga ko‘tarildi
22:22 / 03.04.2024
FIFA futzal bo‘yicha JCh-2024 qur’a tashlash marosimini Samarqandda o‘tkazadi
21:10 / 23.02.2024