Bundan buyon qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘ladi - prezident
Qonun muqaddasligi mansabdorlar uchun hayot qoidasiga aylanishi lozimligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari Konstitutsiyada ilk bor O‘zbekistonga huquqiy davlat degan ta’rif berilganiga e’tibor qaratdi.
Konstitutsiyada inson huquqlari kafolatlariga oid normalar ham 3 barobar ko‘paytirildi.
Bu – avvalambor barcha sohada qonun ustuvorligi ta’minlanadi, degani. Bundan buyon, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘ladi.
«Eng muhimi, «Qonun – muqaddas, har qanday holatda ham adolatni qaror toptirish shart!» degan qarash
jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, mansabdorlar uchun hayot qoidasiga aylanishi kerak.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish uchun sudlarning odil va mustaqil ish yuritishini, albatta amalda ta’minlashimiz zarur», - dedi prezident.
Shu maqsadda, Asosiy qonunda hech kim sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi; erkinlikni cheklashga faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi haqidagi qoida mustahkamlandi; ayblanuvchiga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni «sukut saqlash» huquqi birinchi marta alohida belgilab qo‘yildi; advokatlar maqomi oshirilib, ular tergovchi va prokuror bilan teng vakolatga ega bo‘ldi.
Asosiy qonunga kiritilgan bu ilg‘or yangiliklarni amalda joriy etish oson bo‘lmaydi, ko‘p jamiyatlar bunday o‘zgarishlarni faqat orzu qiladi.
Buning uchun sud-huquq idoralarining kadrlar salohiyatini yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarur. Eng muhimi, tergovchi, prokuror, sudya, advokatlarning bilim va malakasi, ma’naviy dunyosini yuksaltirish bilan birga aholining ham huquqiy madaniyatini oshirish, hammamizning dunyoqarashimizni o‘zgartirish talab etiladi.
«Qanday og‘ir bo‘lmasin, bu ishlarni amalga oshirishni zamonning o‘zi taqozo etmoqda», - dedi prezident.
Prezident mamlakatimiz demokratik taraqqiyot yo‘lini qat’iy davom ettirishini ta’kidladi. Bosh qonunimizda bu maqsadga erishish kafolatlari yanada kuchaytirildi.
«Bizga inson va biznesning og‘irini yengil qiladigan, ularga sifatli xizmat ko‘rsatadigan ixcham va samarali boshqaruv tizimi kerak. Ma’muriy islohotlarni aynan shu maqsadda boshladik. Birinchi bosqichda hukumat va vazirliklar ixcham qilinib, ularning ish uslubi o‘zgartirildi.
Navbatdagi vazifamiz viloyat va tuman darajasida ham boshqaruv sifatini oshirishdan iborat.
Mening eng katta niyatim – odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o‘zi yechadigan xalqchil tizim yaratish», dedi davlat rahbari.
Shu bois, moliya, soliq, bandlik kabi idoralarning kamida 30 foiz vakolatlarini mahalla darajasiga tushirish reja qilingan.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024