Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimyondagi tog‘larda adashib qolgan ikki kishi qutqarildi
Yo‘ldan adashgan fuqarolar Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi Oqsoy hududidan topilgan.
Joriy yilning 6 may kuni soat 12:09 da Toshkent viloyati FVBga ikki nafar fuqaro Chimyon tog‘lariga dam olish maqsadida chiqib, adashib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVVning Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.
Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan fuqarolar Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi Oqsoy hududidan topilib, maxsus asbob-anjomlar yordamida sog‘-salomat olib tushildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid
09:58 / 19.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
09:40 / 18.06.2026
Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi
09:18 / 21.03.2026
21 martdan Chimyon va Amirsoyga yangi mikroavtobuslar qatnaydi
09:01 / 30.01.2026