Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongodagi suv toshqinlari 400 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi
Kuchli yomg‘ir tufayli Janubiy Kivudagi daryolar o‘z qirg‘oqlaridan toshib ketdi. Yuzlab uylarni suv olib ketgan, Kongo DRda motam e’lon qilindi.
Foto: Reuters
8 may, dushanbaga o‘tar kechasi Kongo Demokratik Respublikasida suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 394 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda AFP va dpa. Bu raqamlarni mamlakat sharqidagi eng ko‘p jabrlangan Kalehe tumani ma’muriyati xodimi Tomas Bakenga keltirdi.
Hafta oxirida kuchli yomg‘ir Janubiy Kivudagi daryolar qirg‘oqlarini yorib o‘tgan va kamida yuzlab uylarni suv yuvib ketgan. 8 may kuni mamlakatda halok bo‘lganlar xotirasiga bir kunlik motam e’lon qilindi.
Janubiy Kivuda, shuningdek, qo‘shni Ruanda va Ugandada halokatli toshqinlar tez-tez uchraydi. Ruandadagi oxirgi suv toshqini kamida 127 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Suv toshqinlari odatda yiliga ikki marta mintaqaga keladigan yomg‘irli mavsumlar bilan birga kuzatiladi.
Mavzuga oid
11:25 / 01.10.2025
Kongo DR sobiq prezidenti Kabila sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilindi
18:58 / 29.07.2025
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
23:49 / 16.07.2025
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
14:36 / 07.07.2025