O‘zbekiston | 11:11 / 08.05.2023
7025
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi

Toshkent shahrida Qatarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat tashqi ishlar mahkamalari rasmiylari ishtirok etdi. 

Foto: yuz.uz

«Qatar davlatining Toshkentdagi elchixonasi ochilish marosimida ishtirok etdik», deb yozadi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Qayd etilishicha, Qatarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, o‘zaro manfaatli hamkorlik ufqlarini kengaytirish, savdo va investitsiyaviy sohalarni, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirishga xizmat qiladi.

7 may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qatar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ularda ishtirok etish uchun Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy tashrif buyurdi.

Maslahatlashuvlar chog‘ida siyosat va diplomatiya, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid