Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korxonalarda ko‘plab «amaliy monomarkaz»lar tashkil qilinadi - prezident topshirig‘i
Davlat bunga zarur mablag‘ ajratish bilan birga, infratuzilma, kredit, soliq va boshqa masalalar bo‘yicha yengilliklar beradi. Tadbirkor esa kambag‘al aholini daromadli ish bilan ta’minlaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.
Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish choralari muhokama qilindi.
Qayd qilinishicha, buning uchun tadbirkorlar bilan malakali ishchi tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuziladi. Ya’ni, korxonalarda ko‘plab «amaliy monomarkaz»lar tashkil qilinadi. Davlat bunga zarur mablag‘ ajratish bilan birga, infratuzilma, kredit, soliq va boshqa masalalar bo‘yicha yengilliklar beradi. Tadbirkor esa kambag‘al aholini daromadli ish bilan ta’minlaydi.
Mutasaddilarga ushbu tizimni barcha tuman va shaharlarda joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga Xitoydan ekspertlar jalb qilingan. Endi Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi belgilandi.
Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga e’tibor qaratiladi.
Oilaviy tadbirkorlikka ajratiladigan kredit va subsidiyalarni har bir kambag‘al oilaga alohida yondashuv asosida taqdim etish taklifi bildirildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligini xalqchil tizimga aylantirish, 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallaning o‘zida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
11:04 / 15.08.2025
Ayrim oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
17:13 / 13.08.2025