Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
Imtiyoz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga beriladi.
Hukumat qarori bilan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga quyidagi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi:
- turar joyida artezian qudug‘i qazish;
- suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda o‘rnatish.
Subsidiya mazkur xarajatlarning 90 foizi, biroq BHM 30 baravaridan (12,3 mln so‘m) ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Ushbu xizmatlar «Yagona milliy ijtimoiy himoya» (YaMIH) axborot tizimining Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi tadbirkorlik sub’yektlari reyestriga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli a’zosi yoki qonuniy vakili «Inson» markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodim orqali «YaMIH» tizimida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Tadbirkor belgilangan muddatda subsidiya oluvchining turar joyiga yetib borishi hamda artezian qudug‘ini qazishi, suv nasosi va ichimlik suv filtrini o‘rnatishi lozim.
Ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi xabar «YaMIH» tizimiga avtomatik ravishda yuboriladi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
18:46 / 17.04.2026
Voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchining qonuniy vakili instituti joriy etiladi
18:30 / 17.04.2026
Ruhiy holatida buzilish bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy xizmat tizimi takomillashtiriladi
21:24 / 17.02.2026