Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça “Tadbirkorlik, texnologiya va innovatsiyalar orqali ösişni tezlaştiriş” nomli hisobot e’lon qildi. Unda uşbu mintaqadagi rivojlanayotgan davlatlar qança muddatda yuqori daromadli davlatlar darajasiga yetişiga oid prognoz örin olgan. Unga köra, Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng sönggi bölib bu maqsadga erişişi mumkin.
Bank 2023 yildagi narxlar böyiça yuqori daromadli davlatlardagi aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi milliy daromad – 14 005 dollarni target qilib olgan. Prognozlarga köra, bu çegaraga Qozoğiston va Turkmaniston 40 yilda, Qirğiziston 70 yil, Özbekiston va Tojikiston 100 yildan köproq vaqtda yetişi mumkin.

Bu prognozga mintaqa davlatlarining oxirgi 10 yildagi örtaça iqtisodiy ösişi asos bölgan. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevning tuşuntirişiça, 10 yillik davr olinganda pandemiyadagi pasayiş, şuningdek davr boşida Qozoğiston hamda Qirğiziston (daromadlari)da kuzatilgan çuqur pasayişlar örtaça ösişga sezilarli ta’sir qilgan.
“Agar daromadlarning (jon boşiga GNI) pandemiyadan keyingi davrdagi örtaça ösişini olsak, hisob-kitoblarimga köra, jon boşiga daromadlar Qozoğistonda 2026 yilning özida 14 ming dollarlik darajadan ötadi. Şuningdek, Turkmaniston 2034 yilda, Tojikiston 2037 yilda, Özbekiston esa 2042 yilda bu darajadan ötişi mumkin. Ya’ni Özbekiston baribir mintaqada bu darajaga eng oxirgi yetadigan mamlakat böladi (sönggi 4 yildagi örtaça ösiş bilan)”, – deydi u.
Ma’lumot uçun, 2024 yilda Özbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion sömni taşkil etgan. Nominal körinişda ösiş 18,5 foizga, real ösiş sur’ati esa (inflatsiya hisobiga) 8,1 foiz bölgan. Aholi jon boşiga umumiy daromadlar 16,1 foiz (inflatsiya hisobiga 5,9 foiz) – yiliga 20 mln sömdan 24,1 mln sömgaça (oyiga 2 mln söm) oşdi. Dollarning örtaça yillik kursi 12500 söm deb olinsa, bu miqdor 1,6-1,9 ming dollarni taşkil qilgan.
Jahon banki hisobotidagi boşqa muhim tezislar

















