Jahon | 11:07 / 10.05.2023
9794
2 daqiqa o‘qiladi

YeK rahbari Kiyevda: YeI va Ukraina imkonsiz narsaning uddasidan chiqyapti

XX asrning katta qismida Yevropada tinchlik bo‘lishi dargumon bo‘lib tuyulgan, ammo bunga erishildi, dedi Ursula fon der Lyayyen Kiyevda va Yevropa Ittifoqi doirasida erkin Ukraina uchun kurash haqida eslatdi.

Foto: president.gov.ua

Ukraina Yevropaning ideallari va qadriyatlari uchun, mustahkam birlik va tinchlikni yaratish, Yevropa sivilizatsiyasi qurilgan erkinlik, xilma-xillik va insoniyat uchun kurashmoqda, dedi Kiyevga kelgan Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen. 9 may, seshanba kuni u Yevropada tinchlik o‘rnatish “o‘tgan asrning ko‘p qismida imkonsiz, dargumon” bo‘lib tuyulgani, ammo bunga erishilganini hech qachon unutmaslikka chaqirdi.

Endi Yevropa Ittifoqi doirasida erkin va tinch Ukraina haqida gapirish imkonsiz bo‘lib tuyulishi mumkin, dedi fon der Lyayyen Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaradan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida. "Ammo Yevropa imkonsiz narsaning uddasidan chiqyapti. Xuddi Ukraina kabi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Fon der Lyayyen va Zelenskiy Kiyevdagi uchrashuvda Ukrainaning YeIga kirish yo‘lini muhokama qilishdi, deb ta’kidladi YeK rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush sharoitida zarur islohotlarni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilayotgan Ukrainaning sa’y-harakatlarini hurmat qiladi. Bu ishni davom ettirish kerak va Ukraina hukumati islohotlar jarayonida Yevropa Ittifoqining ko‘magi va tajribasiga tayanishi mumkin, dedi fon der Lyayyen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning harbiy mashinasini buzish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Ovro‘poliklar Rossiyadan importni deyarli uchdan ikkiga qisqartirdi, shuningdek, ketma ket o‘nta sanksiyalar paketini joriy qildi, dedi u. Fon der Lyayyenning aytishicha, 5 may kuni Yevrokomissiya navbatdagi sanksiyalar paketi loyihasini qabul qilgan, uning markazida allaqachon kiritilgan cheklovchi choralarni chetlab o‘tishga qarshi kurash turibdi.

Mavzuga oid