Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyadan musodara qilingan dastlabki aktivlarni Kiyevga beradi
"Qo‘shma Shtatlar musodara qilingan Rossiya mablag‘larini Ukrainani qayta tiklash uchun birinchi marta yuborayotgan bo‘lsa-da, bu oxirgisi bo‘lmaydi", dedi AQSh bosh prokurori Merrik Garlend.
AQSh bosh prokurori, adliya vaziri Merrik Garlend ilk bor rossiyalik oligarxning sanksiyalarni buzgani uchun musodara qilingan aktivlarini Ukrainaga o‘tkazishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Reuters 10 may, chorshanba kuni.
Gap rossiyalik tadbirkor Konstantin Malofeyevning mablag‘lari haqida ketmoqda. 2022 yil aprel oyida AQSh Adliya vazirligi uni Ukrainaga harbiy hujumi uchun Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni buzganlikda aybladi. AQSh rasmiylariga ko‘ra, Malofeyev Qrimda separatistik kayfiyatni qo‘zg‘atib, ruslarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan.
Shu bilan birga, Garlend "Malofeyevning sanksiyalarni buzganligi bilan bog‘liq millionlab aktivlar Amerika moliya institutlaridan biridagi hisobraqamida xatlovga olinganini" aytdi. 2023 yil fevral oyida AQSh bosh prokurori ushbu pulni Ukraina ehtiyojlariga o‘tkazishga ruxsat berdi. Qayd etilishicha, 10 may kuni AQSh Adliya vazirligi ushbu mablag‘larni berishni amalga oshirish bo‘yicha buyruq chiqargan.
“Qo‘shma Shtatlar musodara qilingan Rossiya mablag‘larini Ukrainani qayta tiklash uchun birinchi marta yuborayotgan bo‘lsa-da, bu oxirgisi bo‘lmaydi”, — deyiladi Garlend bayonotida. AQSh Adliya vazirligi bu hujjatni hali e’lon qilmagan.
"Tsargrad" telekanali asoschisi Konstantin Malofeyev 2014 yildan beri AQShning sanksiyalar ro‘yxatida. 2022 yilning aprelida unga nisbatan jazo choralari uzaytirilgandi. “Jumladan, “Transkapitalbank” hamda xatti-harakatlari yirik biznesmen tomonidan nazorat qilinayotgan 40 dan ortiq jismoniy shaxslar va tashkilotlardan iborat global tarmoq qora ro‘yxatga kiritilgan”, — deb yozadi TASS agentligi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026