Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ko‘mirga talab 1,5 baravarga oshishi kutilmoqda
Foto: KUN.UZ
Shavkat Mirziyoyev raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlat rahbari hududlarda energiyani tejash masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
Misol uchun, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani ko‘mirda isitish loyihasini boshlagan.
Loyiha doirasida ko‘mirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 million kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.
Ko‘mirga talab shu yilning o‘zida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda ko‘mir qazib chiqarishni 5,3 million tonnadan 6,5 million tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi.
Buning uchun “Angren” ko‘mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, “Sharg‘un ko‘mir”ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, 14 ta ko‘mir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.
Mavzuga oid
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
10:26 / 27.12.2025
O‘zbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
12:15 / 13.12.2025