08:53 / 12.05.2023
17102
Reklama

O‘zbekistonda flagman darajasidagi ekran hamda dizaynga ega hamyonbop HONOR X9a smartfonlari sotuvlari boshlandi

Foto: HONOR

Flagmanlik qurilmalari sifatiga ega telefon, albatta, qimmat bo‘lishi shart emas. 11 maydan HONOR X9a smartfoni Texnomart, Credit Asia, Media Park va brendning boshqa hamkor do‘konlarida sotuvga chiqariladi. Jozibali narxdagi yangi telefon oldinlari faqat eng qimmat qurilmalardagina bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida jamlagan. Yangi mahsulotning sotuvga chiqarilishini taniqli boshlovchi, san’atkor va stendap-komik Mirshakar Fayzulloyev qo‘llab-quvvatladi.

«Mening sahna va sahna ortidagi ishonchli yordamchim bu — yangi HONOR X9a. Ko‘zni charchatmaydigan yorqin va rang-barang ekran, hammanikiga o‘xshamagan so‘nggi urfdagi dizayn, “uyaltirib qo‘ymaydigan” batareya, — O‘zbekistonda HONOR X9a sotuvlari boshlanganiga izoh beradi Mirshakar Fayzulloyev. Men ushbu mahsulotning sotuvga chiqarilishini qo‘llab-quvvatlashdan xursandman, negaki, oddiy telefonga ko‘nib ketmaydiganlar uchun smartfon har kuni sotuvga chiqarilavermaydi».

HONOR X9a ilg‘or texnologik sifatlari bilan ajralib turadi. U diagonali 6,67 dyuym va yorqinligi 800 nitgacha bo‘lgan qayrilgan OLED-displeyga ega, 2400 x 1080 pikselgacha tasvirni ko‘taradi va 1,07 milliardgacha rangni ajrata oladi. Displeyning ultra ingichka ramkalari ekranning 93% gacha foydali maydonini ta’minlaydi va bu smartfondan ish, o‘yin va videolar ko‘rishda foydalanish qulayligini yaratadi. Bundan tashqari, ekran 45° optimal egilish radiusiga hamda tushib ketganda tirnalish va lat yeyishlardan asrovchi mustahkam pishiq himoya oynasiga ega. 

Bundan tashqari, HONOR X9a displeyi 1920 Gs.gacha chastotaga ega bo‘lib, ko‘z qamashishi va zo‘riqishining oldini oladi, kontentni xavfsiz tomosha qilish imkonini beradi, ko‘k rang miqdorining pasayishi bo‘yicha  TÜV Rheinland sertifikati esa smartfondan kunning istalgan qismida bemalol foydalanish imkonini beradi.

HONOR X9a asosiy sensori 64 Mp, ijodiy imkoniyatlarni kengaytiruvchi ultra keng burchakli 5 Mp va yirik planda tasvirga olish uchun 2 Mp sensordan iborat uchtalik kamera bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 5100 mA*soatni tashkil etadi, bu telefondan quvvatlantirishsiz uzoq vaqt davomida foydalanish imkonini beradi.  Energiya zaxirasini to‘ldirish zarurati vujudga kelganda esa to‘plam ichidagi 40 Vt.lik HONOR SuperCharge adapteri yordamga keladi.

Yangi smartfonning muhim afzalliklaridan biri 11 GB.lik tezkor xotirani kengaytirish texnologiyasidir. Bundan tashqari, u kuchli sakkiz yadroli Qualcomm® Snapdragon® 695 5G protsessor bilan jihozlangan bo‘lib, u ish va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. HONOR’ning boshqa qurilmalari bilan esa ekotizimli funksiyalardan foydalanish mumkin.  

HONOR X9a narxi 6+128 GB xotira versiyasi uchun 4 090 000 so‘mni tashkil etadi. 11 maydan 31 mayga qadar ilk xaridorlar sovg‘a tariqasida HONOR CHOICE Earbuds X3 Lite TWS-quloqchinlariga ega bo‘lishadi.

Batafsil ma’lumot uchun bot: https://t.me/honor_uz_online_bot

Instagram: https://instagram.com/honoruzbekistan?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Reklama

Top