«Mahbuslarning mehnati sovet xalqiniki deb körsatilgan» - zulm saltanati zindoni GULagda qança inson saqlangan?
|16:42 / 13.05.202328 26618 min
SSSRni Stalin boşqargan 1922-1953 yillar oraliğida, NKVD tomonidan millionlab insonlar nohaq qatağon qilingan, qamoqqa tiqilgan va öldirib yuborilgan. Tarixçilar qatağon qilinganlar soni 20 milliondan oşiq ekani haqida yozadi. Ularning barçasi GULag – Qamoqxonalar boş boşqarmasiga böysunuvçi qamoqxona lagerlarida oğir şaroitda saqlangan va işlatilgan. Mahkumlar mehnati evaziga bajarilgan işlar esa olçoqlarça «sovet xalqining zahmatli mehnati tufayli qilingani» aytilgan.
Bugun «covet ittifoqi» deyilganda köpçilik yovuz bir saltanatni eslaydi. Bunga sabab, bu davlat Ikkinçi jahon uruşida 20 milliondan oşiq qurbon bergani yetmaganday, yovuz boşqaruv tufayli özining 20 milliondan ortiq aholisini qatağon qilgan. Qatağonlarning asosiy qismi mamlakatni 31 yil boşqargan Iosif Stalin davrida sodir etilgan.
Agar tarixga nazar taşlansa, öşa qatağonlar tasodifan bölmagan, yovuz tuzum unga ança avvaldan tayyorgarlik körgandi. Stalin SSSRni qamoqxonalar mamlakatiga aylantirişni 1920-yillarning ikkinçi yarmida boşlagan edi.
Qatağonlarning ilk yirik tölqini 1928-1932 yillarda aholini majburiy tarzda kolxozlarga jalb qiliş paytida boşlangan. Öşanda öziga töq va örtahollarni «boy-quloq» deb jazolaş ortidan mamlakatda köplab odamlarning mol-mulki tortib olinib, uzoq hududlarga surgun qilinadi. Millionlab odam qamoqqa tiqiladi. Boşqalari otib öldiriladi.
Lagerlar (Qamoqxonalar) boş boşqarmasi (GULag) maxsus bölimi ma’lumotlariga köra, 1928-1931 yillarda, SSSR böylab kollektivlaştiriş işlarida 381 mingta oila quloq qilingan va 1 mln 803 ming 392 nafar kişi qamalgan.
Kollektivlaştiriş paytida qişloq ayoli uyidan quvilmoqda. 1930-yillar.
Stalin qatağonlari haqida köplab tadqiqotlar ötkazgan tarixçi V.N.Zamskov bergan ma’lumotlarga köra, SSSRda 1928-1940 yillar oraliğida aynan kollektivlaştiriş bahonasida 2,5 million kişi qamalgan.
GULağning taşkil etilişi
1929 yilgaça SSSRdagi qamoqxonalar va qamoqxona lagerlari ittifoqdoş respublikalarning içki işlar xalq komissariatlari tarkibida bölgan.
Kollektivlaştiriş davrida köplab odamlar qamalgani uçun mamlakatda qamoqxonalar yetişmay qoladi. Şundan söng qatağonlarda jazolanganlarni saqlaş uçun qamoqxona lagerlari qurila boşlanadi.
Mavzuga oid
1930 yil 1 oktyabr kuni GULag (Glavnoye upravleniye lagerey) – Qamoqxonalar boş boşqarmasi taşkil etiladi va mamlakatdagi barça qamoqxonalar uning tarkibiga ötkaziladi.
1934 yilda NKVD (Narodnyy komissariat vnutrennix del) – Içki işlar xalq komissariati tuziladi va GULag barça qamoqxona lagerlari bilan uning tarkibiga kiritiladi.
Şu tariqa GULag tizimi SSSRdagi jami 53 qamoqxona boşqarmasini qamrab oladi. Boşqarmalar tarkibida minglab qamoqxona lagerlari, 425 manzil koloniya, 2000 dan oşiq maxsus komendatura bölgan.
Öşa paytlarda GULag qamoqxonalarida jami qança mahbuslar saqlangani haqidagi arxiv ma’lumotlari oxirigaça oşkor etilmagan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, öşanda GULag lagerlarida bir paytning özida 2,5-3 million nafargaça mahbus bölgan.
Umumiy hisobda esa GULag tuzilganidan boşlab Stalin vafotigaça uning tarkibidagi qamoqxona lagerlarida 20 million mahbus saqlangan.
1939 yildan boşlab, GULag tarkibida alohida ayollar va bolalar qamoqxonalari ham faoliyat körsata boşlaydi. Bolalar qamoqxonalarida 12 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar saqlangan. 17 yoşga ötganda, ular kattalar qamoqxonasiga ötkazilgan.
Stalin qatağonlari haqida tadqiqot olib borgan professor, olim Rustambek Şamsuddinov «Qatağon qurbonlari» nomli kitobida öşa davrning mudhiş hodisalari haqida batafsil ma’lumot bergan.
Ikkinçi jahon uruşi paytida SSSRda qatağonlar birmunça töxtatib turilgan. Ammo uruş tugaganidan söng, begunoh odamlarni qamaş yana avj olgan. GULag qamoqxonalariga Şarqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlaridan kommunistik tuzumga qarşi çiqqanlar, şuningdek köplab yapon harbiy asirlari joylaştirilgan.
1946 yilda Markaziy qömitaning «Zvezda» va «Leningrad» jurnallari haqida» qarori çiqadi. Bu jurnallar Anna Axmatova va Mixail Zoşenkoning «sovet real hayotiga yot bölgan» asarlarini çop etgani uçun ayblangan edi. Şundan söng mamlakat böylab yana adiblar, ziyolilarni qamoqqa oliş boşlanadi va u Stalin vafotigaça davom etadi.
1953 yil 5 mart kuni Stalin vafot etadi. 27 mart kuni SSSR oliy soveti prezidiumi umumiy afv e’lon qiladi. Şundan söng dastlabki uç oyda GULagda saqlanayotgan mahbuslardan 1,2 million nafari ozodlikka çiqadi. Qolgan mahbuslar ham keyinçalik navbati bilan ozod qilinadi.
GULag mahbuslari – tekin işçi
1930-yillardan boşlab GULag qamoqxona lagerlarida saqlangan mahbuslardan işçi kuçi sifatida foydalaniş boşlanadi. 1930-1956 yillar oraliğida SSSRda qurilgan aksariyat yirik qurilişlarda mahbuslar tekin işçi sifatida işlatilgan.
GULag mahbuslari temiryöl qurmoqda.
Mahbuslarga tamaki va oziq-ovqat sotib oliş uçun arzimagan pul berilgan. Ayniqsa, siyosiy mahbuslarga iş haqi tölaşda köp nohaqliklar qilingan.
1938 yilda mahbuslarni muddatidan oldin ozod qiliş tartiblari haqida gapira turib şaxsan Stalinning özi ularning işçi sifatida mamlakat iqtisodiyoti uçun qançalik muhim ekanini aytgan edi:
«Mahbuslar qamoqxonada özini yaxşi tutganiga aldanib qolmaslik kerak. U yerda ular tartib bilan yaşaydi. Ozodlikka çiqqaç yana jinoyat yöliga kiradi. Şunday ekan, muddatidan oldin çiqadiganlarni ham işlayotgan joyida olib qoliş çoralarini köriş kerak. Ana şunda ular har doim nazoratda böladi».
Stalinning bu gapidan söng ozodlikka çiqişi kerak bölgan mahbuslarga içki tartibni buziş bilan ayb qöyilib, qamoq muddati uzaytirilaveradi. Oqibatda, tekin işçi sifatida işlayotgan mahbuslarning bir qismi vafot etgança qamoqxona lagerlarida qolib ketaveradi.
1936 yilda NKVD qoşida quyidagi boşqarmalar taşkil etiladi:
Muhandislik-quriliş bölimi;
Alohida quriliş boşqarmasi;
Avtomobil yöllarini quriş boşqarmasi;
Toğ-metallurgiya korxonalarini quriş boşqarmasi;
«Boşgidroquriliş»;
«Boşsanoatquriliş»;
«Dalstroy» (şimoli-şarqiy hududlar quriliş boşqarmasi);
NKVD mahbuslar orasidan turli kasb egalarini alohida ajratib olib, ularni öz mutaxassisligi böyiça işlatadi. Qölida hunari bölmaganlarni (ayniqsa ziyolilarni) eng oğir işlarga – kömir va turli rudalarni qaziş işlariga jalb qiladi.
Aksariyat qamoqxona lagerlarida siyosiy mahbuslar oddiy jinoyatçilar bilan birga saqlanadi. Oqibatda, oddiy jinoyatçilar siyosiy mahbuslarni kamsitib, ularning kiyimlari va ovqatlarini tortib oladi. Bundan taşqari, lager nazoratçilari bölgan NKVDçilar ham oddiy jinoyatçilarga qaraganda siyosiy mahbuslarga köproq azob berişadi.
Aksariyat qamoqxona lagerlari Sibirda yoki Uzoq Şarqning odam oyoği yetmaydigan joylarida topilgan konlar yaqinida taşkil etilgani uçun mahbuslar heç qayerga qoçib keta olmagan.
Sovuq havoda mehnat qilişga majburlangan va oğir şaroitga çiday olmay vafot etgan mahbuslar qamoqxona lagerlari atrofidagi ommaviy qabristonlarga nom-nişonsiz kömib yuborilgan.
GULag qamoqxona lagerlarida saqlangan mahbuslar tomonidan 1930 yildan 1953 yilgaça SSSRdagi juda köplab yirik obektlar qurilgan.
Jumladan:
1931-1933 yillarda uzunligi 277 kilometr bölgan Belomor-Boltiq kanali (250 ming mahbus işlagan);
1932-1937 yillarda uzunligi 101 kilometr bölgan Volga-Don kanali (Kaspiy va Qora dengizni özaro boğlaş uçun qurilgan);
1934 yildan boşlab Baykal-Amur magistral temiryölining Transsibir qismi (500 ming mahbus işlagan);
1935-1942 yillarda Moskva-Kiyev, Moskva-Minsk avtomobil yöllari;
1937 yilda 128 kilometr uzunlikdagi Moskva kanali;
1937 yildan boşlab Peçora magistral temiryöli;
1930-1941 yillar oraliğida jami 6,5 ming kilometr temiryöl;
1930-1941 yillar oraliğida 156 ta aerodrom qurilgan.
Şuningdek, GULag mahbuslari SSSRdagi köplab zavod va fabrikalarni qurişgan. Norilsk va Nijnetegilskdagi metallurgiya kombinatlari, «Severonikel», «Amurstal» va «Peçenganikel» zavodlari mahbuslar tomonidan tiklangan.
Bundan taşqari, GULag mahbuslari tomonidan butun boşli şaharlar tiklangan. Rossiyadagi Komsomolsk, Dudinka, Vorkuta, Uxta, Inta, Peçora, Naxodka, Voljskiy va Dubna şaharlarini mahbuslar qurişgan.
Bu şaharlar Rossiyaning yetib boriş qiyin bölgan hududlarida tiklangani uçun, oğir şaroitlarda işlagan köplab mahbuslar halok bölgan.
Mamlakat böylab bir neça million GULag mahbuslari oğir şaroitlarda işlar ekan, sovet hukumati olçoqlarça keng miqyosdagi qurilişlar sovet xalqining mardona mehnati evaziga bunyod etilayotgani haqida dunyoga jar solardi.
Hatto atoqli sovet adiblari ham haqiqiy ahvolni bilsa ham mahbuslarning oğir mehnati evaziga qurilgan turli obektlar «Sovet xalqining mardona mehnati evaziga bunyod bölgani» haqida asarlar yozişadi.
Gazetalarda turli quriliş obektlarida «sotsialistik mehnat musobaqasi» qizğin davom etayotgani va işçilar yuqori natijalar körsatayotgani haqida xabarlar beriladi. Aslida esa barça işlar mahbuslarning oğir mehnati evaziga bajarilayotgandi.
Masalan, sovet tarğibotçilari bölgan 36 nafar adib «Stalin nomidagi Oq dengiz-Boltiq kanali» asarini hammualliflikda yozgan va ularning orasida Maksim Gorkiy ham bor edi. Bu asarda yozuvçilar mahbuslar tomonidan bajarilgan işlarni olçoqlarça sovet xalqiga nisbat berişadi.
Keyinçalik bu kitobga ta’rif bergan Aleksandr Soljyenitsin uni «Rus adabiyotidagi qullar mehnati uluğlangan birinçi kitob» deb atagan edi.
GULag mahbuslari oğir mehnat jarayonida
SSSRdagi barça qurilişlarda asosiy işlar mahbuslar tomonidan bajarilayotgani barçadan qattiq sir tutilgan. Masalan, 1936 yilda «Mosvolgostroy» (Moskva kanalini qurgan taşkilot) oddiy fuqarolarni işga olişdan avval ulardan maxsus tilxat olgan.
Tilxatda quyidagiça yozilgan:
«Men «Moskva-Volgostroy» quriliş boşqarmasidagi holat haqida heç qaçon, heç kimga va har qanday şaroitda ma’lumot bermayman. NKVDga tegişli qamoqxona lagerlarida saqlanayotgan mahbus-işçilar hayoti, işi, kun tartibi va joylaşuvi bilan boğliq har qanday ma’lumotlarni oşkor qilmayman. Şuningdek, men mahbuslar bilan özaro aloqa qilmayman va ularning şaxsiy iltimoslarini bajarmayman. Men yuqoridagi tartib-qoidalarni buzsam jinoiy javobgarlikka tortilişim haqida ogohlantirildim».
SSSR böylab köplab insonlar qatağon qilinar ekan, ularni şaroit birmunça yaxşi bölgan mamlakatning ğarbiy qismida, Kavkazda yoki Örta Osiyoda emas, 8-9 oylab sovuq ob-havo hukm suradigan Sibirda va Uzoq Şarqdagi lagerlarda saqlaşgan.
Mahbuslar oziq-ovqat bilan ta’minlanişi ham haminqadar bölgan. Ularga doimiy ravişda kiyim-boş, yotoq koykalari va boşqa zaruriy jihozlar yetişmagan.
GULag mahbuslari juda qattiq sovuqda ham işlaşga majburlangan
Aksariyat qamoqxona lagerlaridagi maxsus baraklarga me’yordan oşiq mahbus joylaştirilgan va ular juda oğir şaroitlarda yaşaşga majbur bölgan.
1938 yilda SSSR prokurori A.Vişinskiy Stalin va Molotovga maxsus xat bilan çiqib, GULagda saqlanayotgan mahbuslarga kiyim-keçak va boşqa jihozlar yetişmayotganini ma’lum qilgan:
«Bamlag (qamoqxona lagerining nomi)da na etik, na boşqa kiyim-keçak bor. Sovun yöq. Odamlar kiyimi yöqligi uçun hojatxonaga bora olmayapti. Şunday şaroitga qaramasdan u yerga yana yangi mahbuslar jönatilyapti. Ularni qabul qilişga uy-joy yöq. Uy-joy quriş uçun turli asboblar, arra, bolta yöq. Örtoq Dimakovning sözlariga köra, oziq-ovqat bilan boğliq vaziyat halokatli. Hozir 60-70 ming mahbus qor va muzlar erişidan oldin tayga içkarisiga yuborilyapti. Ammo ularga faqat bir oylik oziq-ovqat bor. Uxtpeçora lageridagi şaroitlar ham qoniqarsiz. Mahkumlarning atigi 60 foizi yotoq bilan ta’minlangan. Ularning 50 foizida issiq kiyim va poyabzal bor xolos. Qamoqda saqlaş va taşişdagi qoniqarsiz sanitariya şaroitlari tufayli mahkumlar orasida sil kasalligi tarqala boşladi».
GULagdagi dahşatli azoblar
Öşa paytda GULag qamoqxonalarida mahbuslar oğir şaroitda yaşagani haqida hatto qamoqdan çiqib kelgan sobiq mahbuslarning özlari ham heç narsa gapirmagan.
Agar ular «zona»dagi azob-uqubatlar haqida gapirişsa, «Sovet hukumatiga, uning mahbuslarga yaratib bergan zör şaroitlariga» tuhmat qilişda ayblanib, yana qamaliş ehtimoli bor edi. Şu uçun ham aksariyat sobiq mahbuslar jim yurişni afzal bilişgan.
«Bizlar işlaydigan joydan biroz narida xotin-qiz mahbuslar işlardi. Garçand biz ularni, ular esa bizni körmasalar ham, lekin vaqti-vaqti bilan nola töla faryoddan iborat, Xudoga yolvorib aytgan aşulalari eşitilardi. Ammo aşula oxiriga yetmasdan soqçilar ularning nafaslarini öçirardi.
Xudoga yolvorib faryod çekayotgan bu munis ayollar kimlar? Bular uruş davrida nemislar qurşovida qolgan, şuning uçun vatan xoini yoki josuslikda ayblanganlar edi. Deyarli köpçiligi Ukraina, Belarus, Boltiqböyidan kelgan şörlik xotin-qizlar».
Bu satrlar xalqimizning atoqli yozuvçisi Şukrulloning «Kafansiz kömilganlar» asaridan olingan.
Manfur tuzum öşa paytlarda heç kimni ayamaydi. Uning çangalidan yoş bolalar, ayollar, qariyalar, heç kim omon qolmadi.
GULagdagi ayol mahbuslar
GULag qamoqxonalardagi misli körilmagan azob-uqubatlar millionlab insonlarning bevaqt vafot etişiga, mayib-majruh bölişiga sabab böldi.
GULag haqida asarlar
Stalin vafotidan keyin ham, garçi u Xruşçyov tomonidan qoralangan bölsa-da «Xalqlar dohiysi» davridagi qatağonlar haqida asar yoziş mumkin emasdi.
Ammo SSSRda Stalin qatağonlari haqidagi asarlar keyinçalik baribir yozildi. Ulardan biri Aleksandr Soljyenitsinning «GULag arxipelagi» asari edi. Soljyenitsin uni 1958-1968 yillar oraliğida yozgan.
Asarda muallif 257 nafar sobiq GULag mahbusining xatlari, esdaliklari, hikoyalari asosida qamoqxonalarda siyosiy mahbuslarga qançalik yovuz munosabatda bölişganini oçiqlab beradi.
Uşbu asarni SSSRda çop etişga ruxsat bermasliklarini yaxşi bilgan muallif qölyozmani yaşirinça yöllar bilan xorijga jönatadi. Asar ilk bor, 1973 yilda Parijda çop etiladi.
Asarning xorijda, buning ustiga kapitalistik Fransiyada çop etilişi katta şov-şuvga sabab böladi. SSSRda muallifni rosa tergov qilişadi, uy qamoğida saqlaşadi. Oradan biroz ötib SSSR hukumati Soljyenitsinni xalqaro taşkilotlar bosimi ostida xorijga çiqarib yuboradi. Asar qölyozmasini xorijga jönatişda yordam bergan adibning yordamçisi va kotibini esa KGB öldirtiradi.
«Gulag arxipelagi» asari SSSRda faqat 1990 yilga kelib kitob holida çop etiladi. Ungaça 1989 yilda «Novyy mir» jurnalining 7-11-sonlarida undan bir neça bob berilgan edi.
Stalin qatağonlari va undagi qamoqxonalar haqida asar yozganlar orasida xalqimizning atoqli yozuvçisi Şukrullo ham bor. Yozuvçi 1951 yilda nohaq qamaladi va Stalin vafotidan keyin oqlanadi. Keyinçalik yozuvçi boşidan ötkazgan voqealar asosida «Kafansiz kömilganlar» asarini yozadi.
Adib, uşbu asarda öz közi bilan körgan voqealar asosida GULagda sodir bölgan aksariyat yovuzliklarni hikoya qilgan.
GULag qamoqxonalari haqida yana bir özbek adibi Said Ahmad ham bir qança asarlar yozgan. Said Ahmad uruşdan söng, 1947 yilda nohaq qamaladi va bir neça yil GULagning eng dahşatli qamoqxonalaridan biri bölgan Jyezqazğan yaqinidagi lagerda böladi.
U ham boşqalar qatori, Stalin vafotidan keyin oqlanib uyga qaytadi. Said Ahmad öz asarlarida qamoqxonada mahbuslar tortgan azoblarni boriça tasvirlagan. Jumladan, Qörquv saltanati hikoyasida Jyezqazğandagi qamoqxona lageridagi holatni şunday tasvirlaydi:
«Lagerda aşaddiy kallakesarlar bilan taniqli olimlar, benderaçi, vlasovçilar bilan nemis konslageridan qoçib, partizanlar orasida jang qilgan va oxir-oqibat qamoqqa tuşgan fidoyi frontoviklar, öğrilar bilan sobiq davlat arboblari, Turkiston legionida xizmat qilganlar bilan bir bölak şokolad uçun nemis varaqasini yopiştirgan, Boltiqböyi respublikasidan olib kelingan ösmir bolalar — hammasi aralaş-quralaş bölib ketgan. Kallakesarlar «siyosiy duşmanlar»ni mazax qiladi. «Ha, intelligentlar, Vatan xoinlari, ahvoling qalay?»
Ertalab aristonlarni beş kişi-beş kişidan qilib safga tizadi. Soqçi baland ovozda baqiradi: «Safdan ikki qadam öngga, ikki qadam çapga çiqiş — qoçiş hisoblanadi. Ogohlantirmasdan otib taşlanadi!» Saf mis koniga yöl oladi. Ikki tomonda soqçilar, atrofida it aylanib yuradi. Mis konida işlaş oğir. Öpka sob böladi. Ölib qolganlarni olib çiqib ketayotganlarida soqçilar har ehtimolga qarşi murdaning uç-tört joyiga nayza sançib köradi. (Aldayotgan bölmasin tağin!)»
GULag haqida keyinçalik ham boşqa adiblar va tarixçilar tomonidan köplab asarlar bitildi va ularda Stalin qatağonlarining bor vahşiyliklari oçib berildi.
1950 yillar boşida GULag mahbusi bölgan Said Ahmad rafiqasi Saida Zunnunova bilan
GULagning tugatilişi
Stalin vafotidan söng, 1953 yil mart oyida GULag SSSR Adliya vazirligi ixtiyoriga ötkaziladi. Oradan bir yil ötib 1954 yil yanvar oyida u yana IIVga qaytarib beriladi va nomi «IIVning qamoqxonalar bölimi» deb özgartiriladi.
1956 yilda u Axloq tuzatiş mehnat koloniyalari boş boşqarmasi deb nomlanadi. 1959 yilda yana «Qamoqxonalar boş boşqarmasi» deb ataladi.
Şu tariqa GULag atamasi barça yovuzliklari bilan tarix qa’riga yöq bölib ketadi. GULag tugatilgandan söng mamlakat böylab joylaşgan köplab qamoqxona lagerlari turli korxonalarga berib yuboriladi.