Oliy ta’lim qaçon yaxşilanadi? - Mutaxassis va rasmiylar bilan suhbat
|18:32 / 14.05.202326 07114 min
Oliy ta’lim vazirligi 2023 yildan boşlab Özbekiston oliygohlar top reytinglarga kirişi mumkinligini aytmoqda. Ammo mutaxassis xalqaro reytingga kiriş şunçaki statistika uçun bajariladigan iş emasligini, buning uçun universitetlarning akademik nufuzi oşirilişi kerakligini, tizimda kadrlar masalasi muammo ekanini bildirdi.
OTMga hujjat topşiriş muddati yaqinlaşmoqda, yaqinda davlat imtihonlari ham ötkaziladi. Maktab öquvçilari, umuman abituriyentlar juda katta umidlar bilan bu jarayonga kirişadi. Xöş, aslida oliy ta’lim tizimi ularning bu işonçini oqlayaptimi? Nima sabab bu tizim hanuzgaça kutilgan darajada özgarmayapti? Nimalarda xato qilinyapti?
Mavzu atrofidagi bir qança savollarga javob topiş va ularni tahlil qiliş maqsadida Kun.uz “Silk Road Research Academy” ijroçi direktori, professor Azamat Akbarov, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining department hamda boşqarma boşliqlari Abduvali Xoliqov va Şerzod Ne’matov bilan suhbatlaşdi.
– Dastlab oliy ta’lim muassasalarining reytingi haqida gaplaşsak. Bilasiz, 2019 yilda Özbekiston oliy ta’lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi qabul qilingan. Unga köra, şu muddatgaça respublikadagi kamida 10 ta oliygoh xalqaro reytinglarning birinçi mingtaligiga kiritilişi belgilangan.
Misol uçun, Özbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinçi 500 talikk kiritiş ham qayd etilgan. Ammo hujjatda aytilgan xalqaro reytinglarga qaralsa, birorta oliygohimiz top 500 talik tursin, mingtalikka hanuzgaça kirgani yöq. Sizningça, 7 yil içida bu natijaga erişamizmi? Aslida top reytinglarga qança vaqtda kirişga umid qiliş mumkin? Bunda bizga nimalar tösqinlik qilmoqda?
Azamat Akbarov: Har bir universitetni taşkil etişdan maqsad böladi. Masalan, oliygohlar joylaşgan hududini, davlatini rivojlantirişi kerak böladi. Yevropa, Amerika tajribasidan kelib çiqsak, har bir universitetga boğliq şartlar bor. Hozirgi davr universitetlari – birinçi avlod universitetlari, ya’ni 1970-80-yillardagi OTMlardan farqli ravişda faqatgina internetdagi bor ma’lumotni olib, auditoriyaga yetkaziş emas, balki öşa ma’lumotni tahlil qilib, yangi qöşilgan qiymat bilan mahsulotni yarata oladigan kadrni çiqariş kerak bozorga. Bu bilan birga çiqadigan kadrlar bozorda iş beruvçilarning işonçini qozonadigan bölsa, bu öşa davlatning YaIMga katta hissa qöşgan böladi. Demak, biz bor bölgan vatandoşlarni çet elga emas, ularni Özbekistonning özida saqlab, viloyatlarning turli xil burçaklarida iş bilan ta’minlaşimiz, bu Özbekistonni iqtisodiy reytinglarda ilğor davlatlar qatoriga qöşa oladigan omil hisoblanişi kerak.
Mavzuga oid
Azamat Akbarov
Agar top 500 talikka kirgan universitetlarni olsak, ular ham qandaydir statistika uçun kirişmagan, ular aynan öşa davlatning iqtisodiy drayverlari hisoblangan mahsulotlarni yetkazib beroladigan 3.0, 4.0 universitetlar sanaladi. Demak, OTMning mingtalik, beş yuztalikka kirişi qoğozda böladigan jarayon emas. Hozir YaIM böyiça neçançidir örinda turgan bölsak, universitetlarni 500 talikka kiritsak, bu bilan biz iqtisodiy natijani yana oşirib, kuçli 50 talikka kirişimiz mumkin böladi.
Reytinglarga biroz nazar taşlasak, 2019 yilda qöyilgan vazifa mana 2023-yil keldiki, biror universitetimiz top mingtalikka kirmagan. Nima uçun top mingtalikka kirmagan? Buning öziga yaraşa omillari bor. Agar ilğor reytinglar şartlariga qaraydigan bölsak, buning juda köp mezonlari bor. Şularning asosiy 3tasini aytib ötsam, bular: akademik nufuz, iş beruvçilar orasidagi nufuz hamda maqolalarga berilgan iqtiboslar.
Akademik nufuz nimani anglatadi? Hozir köp universitetlar haqiqatan ham Scopus jurnallarida maqola çiqarişga harakat qilişmoqda. Bu yaxşi, albatta. Lekin Scopus jurnalida çiqadigan maqola bor va öşa maqolaning boşqalar tomonidan e’tirof etilişi bor. Ikkinçisi eng muhim element hisoblanadi. Biz milliardlab tölab, jurnallarda kör-körona maqola çiqaryapmiz, ammo öşa maqolaga heç kim qiziqmaydi. Bu – bizning eng katta muammoyimiz. Akademik nufuz deganda, çiqarilgan maqolaga dunyo böyiça munosabat, ta’sir bölişi kerak. Amerikada bir maqola çiqsa, uning ta’sirini Özbekiston, Xitoy yoki dunyoning boşqa davlatlaridan turib biz his qilamiz. Demak, agar biz faqatgina bor bölgan KPI reytinglarini töldiriş uçun maqola çiqaradigan bölsak, lekin uning dunyo miqyosida ta’siri bölmaydigan bölsa, universitetlar şu yerning özida 40 foizni yöqotyapti. Ya’ni bizda nomigagina Scopus'da maqola bor, lekin uning işlab çiqariş, dunyoni rivojlanişiga yoki boşqa iqtisodiy drayverlarga hissasi qöşilmaydi. Bu birinçisi.
Ikkinçisi, çiqarilgan maqolalarga havola beriş. Bu muhim hisoblanadi. Afsuski, bizda maqolalarning köpçiligi dolzarb bölmagani, nafaqat dunyodagi, balki Scopus'dagi maqola qaysi şahardan çiqqan bölsa, öşa hududdagi muammolarga yeçim berolmagani uçun aktualligini yöqotgan. Bu maqolalar qoğozda bor, ammo xalqaro universitetlar reytingiga ta’siri yöq. Mana şunga akademik nufuz deyiladi. Çiqarilgan ilmiy maqola dunyoga qançalik ta’sir ötkaza oladi.
Şuningdek, uçinçisi, iş beruvçilar orasidagi nufuzi hisoblanadi. Sir emas, hozirda globalizatsiya davrida insonlar dunyoning istalgan davlatiga borib işlaş imkoniyatiga ega. Yaqinda xorijda yaşab, işlaydigan vatandoşlar haqidagi filmni ham tomoşa qildik. Bizning hamyurtlarimiz dunyoning nufuzli universitetlari, banklarida işlaşmoqda. Bu ularga iş bergan kompaniyalar vatandoşlarimiz tamomlagan OTMga minnatdorlik bildirişi mumkin degani. Bu juda ham yaxşi narsa. Lekin raqamlarda olib qarasak, bunday holatlar juda kam. Ba’zan özimizdagi ma’lum bir universitet bitiruvçilari ham xususiy sektorda işlay olmasliklari mumkin.
Abduvali Xoliqov: Bir narsaga e’tibor qaratiş kerak, bu işlar qaçon boşlandi? Azamat aka aytgan Scopus'da çiqadigan maqolani tayyorlaydigan odamning özini tayyorlaşga qança vaqt ketadi? Bu juda ham murakkab jarayon. Oxirgi 2-3 yilda professor öqituvçilar tuşunib yetyapti. Yil oxirida yovvoyi jurnallar yoki boşida Scopus'da bor, lekin keyinçalik yöqolib qoladigan maqolalar sarhisob qilinadi. Albatta, bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy muammo hisoblanadi. Hozirda bu muammo bartaraf etilyapti.
Şerzod Ne’matov: Xalqaro reytinglar birdaniga körsatkiçlarni baholay olmaydi. Bundan oldin birinçi navbatda mintaqaviy reytinglar böyiça baholari köriladi. Özbekiston 2021 yildan beri QS xalqaro taşkiloti yuritayotgan mintaqaviy reytingda(oldin Şarqiy Osiyo va Markaziy Osiyo bölgan bölsa, ötgan yildan butun Osiyoning reytinglarini çiqarib bermoqda. Şunda ham 760 ta universitet, 30 dan ortiq davlatlar, jumladan Singapur, Yaponiya, Koreya, Xitoy bor) ham örin oldi. Şu universitetlar içida Özbekistondagi 8 ta universitet Osiy universitetlar reytingidan joy egalladi. Eng yuqori körsatkiçimiz Irrigatsiya universiteti ham 351-örinni, Markaziy Osiyoda 14-örinni qayd etdi. Bu yildan boşlab dunyo universitetlari reytingidan umid qilamiz.
Şerzod Ne’matov
Azamat Akbarov: Reyting masalasi biroz nozik masala hisoblanadi. Reyting masalasi stadion emas, ya’ni stadionni 10 yil davomida qurasiz, qurib bitkazganingizdan söng, tomoşabinni olib kirib, keyin öyinni boşlaysiz. Reyting masalasi sizning bor bölgan salohiyatingizni örtaga çiqaradi. Ya’ni siz 18 ta universitetning mezonlarini belgilaganingiz çoği, bu mezonlarni kim belgilaydi? Albatta, inson resursi. Bizga salohiyatli inson resursi yetmayapti, buni oçiq tan oliş kerak. Çunki universitetning reytingini belgilab beruvçi yagona omil bu inson resursi hisoblanadi. Biz 2030 yilgaça kutsak, salohiyati yetarli bölmagan öqituvçi özini tayyorlab boradimi yoki uning örniga boşqasi keladimi?
Buni boşqa davlatlar misolida körişimiz mumkin. Hozirda Qozoğiston milliy universiteti dunyoning kuçli 200 talik universitetlari qatoriga kirgan. Şu universitet 2010 yilgaça mingtalikda ham emas edi. Keyinroq şu universitetning rektori prezidentga OTMni top reytinglarda yuqoriga çiqarişni va’da qiladi. Şu bilan davlatdan katta mablağ olib, xorijdan olimlarni taklif etadi. Reytingni asosini belgilaydigan narsa bu – tabiiy fanlar va fakultetlar hisoblanadi. Qozoq milliy universitetini reytingga kiritgan omil ham matematika, fizika, kimyo, biologiya sanaladi. Çunki bu fanlarning laboratoriyalarida ötadigan tajribalarning özi Scopus'ga çiqadigan maqola bölib çiqadi. Lekin ijtimoiy fanlarda buni amalga oşiriş juda ham qiyin. Masalan, tilşunoslik yoki boşqalar. Hatto tilşunoslikda Nobel mukofotini olganlar ham yöq. Bu sohalarga asoslangan universitetlar soni bizda köp. Demak, bu universitetlar yönalişini özgartirişimiz kerak, ularni ham tabiiy yoki iqtisodiy fanlarga ixtisoslaştiriş kerak.
Şuning uçun öylaymanki, biz 2030 yilgaça qandaydir şartlarni qöyib kutişimiz şart emas. Çunki bor bölgan salohiyatlarimiz reytinglarga kiradi. Biz hozir reytingning şartlarini belgilasak, uni töldiradiganlar insonlardir. Demak, universitetlarning özida salohiyatli insonlar yetmayapti.
– Albatta, har qanday tizimda boşqaruv tizimi ahamiyatli hisoblanadi. Avvalgi intervyularimizda ham OTMning boşqaruvi, rektorat, dekanat, kafedra haqida gaplaşgan edik. Ularni tayinlaşdan voz keçib, saylaş tizimiga ötiş kerakmasmi?
– Abduvali Xoliqov: Menimça, savolda asosiy e’tibor rektorlarga qaratilyapti. Buning şaklini özgartiriş oson. Lekin qanday böladi, qay tartibda taşkil etiladi yoki saylangan rektorga qanday imkoniyatlar beriladi? Mana şunday savollar tuğiladi. Bu jarayonda rektorning vakolatlari, kafolatlari qöyilişi kerak. Bugungi oliy ta’lim tizimida rahbarlarni belgilangan tartibda rektor lavozimiga qöyişda, albatta, oldingi mehnat faoliyati, qanday işlagan, qanday natijalar bergan – mana şularga qarab rektorlik lavozimiga tayinlanadi. Bu jarayonlar 3-4 yil oldingiga nisbatan ança yengillaşgan. Masalan, oldin dekanlarni Oliy va örta maxsus ta’limi vazirligi suhbatdan ötkazib tayinlar edi. Hozir esa dekanlar OTM tomonidan tayinlanyapti. Prorektorlar esa hukumat darajasida lavozimga qöyilardi. Bu tartib esa bugungi kunga kelib tegişli vazirlik va idoralarga berilgan. Masalan, Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi OTM şu vazirlik tomonidan, ya’ni taşkilotlarning tasarrufiga qarab prorektorlar tayinlanyapti. Bugungi kunda oliy ta’limdagi mavjud holat va kelajakda rivojlantirişga qaratilgan işlarga qaraydigan bölsak, amaldagi hozirgi tartib töğri. Saylovga ötkazişdan osoni yöq, bu – şakl. Lekin u nima beradi degan savol tuğiladi-da. Endi mavjud holatdan kelib çiqib, buni oçiqçasiga aytiş kerak. Mutaxassis sifatidagi şaxsiy fikrim — rektorlarni saylaşga tayyormasmiz.
Abduvali Xoliqov
Şerzod Ne’matov: Yaqin tarixda OTM rektorlarini saylaş amaliyoti bölgan. Ammo bu tajriba bitta yomon salbiy oqibatga olib kelgan. Tabiiyki, bunda 2-3 nafar nomzod haqida gap ketadi. Mana şunda jamoada guruhbozlik, nosoğlom muhit paydo böladi. Jamoa örtasida bölinişlar yuzaga keladi.
Azamat Akbarov: OTMdag boşqaruv kadrlarini saylaş masalasi QS reytingiga töğridan-töğri boğliq hisoblanadi. Biz agar QS’ning ilk mingtaligiga kirmoqçi bölsak, biz şu universitetlarning bizga mos qadriyatlarining transformatsiyasini ötkazişimiz kerak. Ya’ni biz yillar davomida nima qilib kelgan bölsak, uni yana davom ettiriş yaxşi, ijobiy natija beradi deyiş ham xato aslida. Buni ilğor universitetlar qanday hal qilgan? Keling, Harvardga qaraymiz. Harvardning 29-prezidenti, ya’ni rektorini 700 nafar nomzod orasidan tanlaşgan. Ya’ni bu oçiq e’lon qilinadi. Va bu inson Harvarddan oldin MITga rektor bölgan. Tasavvur qiling, biri bir darajadagi, ikkinçisi esa boşqa bir darajadagi universitetlar. Bizda ba’zan reytingning eng quyisida turgan universitet rektorlari eng yuqorida turgan OTMga rektor bölib ketadi. Ya’ni uning bu yerda natijalari yöq aslida. Natijasiz bir işni yana boşqa universitetga ötib, davomçisi bölişi mumkin.
Hozirgi Harvardning rektori iş boşlaşidan 1 yil oldin saylangan. Ya’ni bu bölajak rektorga 1 yil davomida öşa universitetni kuzatib, muammolar, qaysi kadrlar bilan işlaş mumkin kabi jihatlarini örganişga imkoniyat beradi. Bizda esa öşa kuni rektor lavozimiga tayinlanadi, boşqa joydan özining jamoasini tortib kelişga harakat qiladi. Bu ham unga muammo yaratadi. Çunki qaysi kadr bilan işlaşni bilmay qolib, eski kadrlar bilan ketaveradi. Ya’ni bu ham muammo aslida. Turkiyaning rivojlangan bir OTM bor – Boğaziçi universiteti. Şu OTMda magistratura yoki doktoranturani a’lo baholar bilan tamomlaşingizdan qat’i nazar öşa universitetda kamida 3 yilgaça işlaşga heç kimning haqqi yöq. Oldin boşqa oliygohda işlab, öşa yerdagi tajribani olib keliş kerak böladi. Bu muhim. Ba’zan yillar davomida öşa universitetni bitirib, öşa yerda işlaydiganlar böyiça misollar bölişi mumkin.
Şuning uçun öylaymanki, rektorlarni saylaşda akademik nufuz, maqolalarga havola berilgani inobatga olinişi kerak.
Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.