O‘zbekiston | 18:29 / 14.05.2023
19619
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari 320 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘ldi

U kelishilgan pulning 20 ming dollarini olayotganida qo‘lga tushdi.

Foto: Videodan kadr

DXX  va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yerning noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Toshkent viloyatida kuzatilgan holatda O‘rta Chirchiq tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 80 sotix sug‘oriladigan yer maydonini hokimiyat va kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 320 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro ham o‘zganing ishonchiga kirib, «Amuzang» irrigatsiya tizimlari boshqarmasi balansida bo‘lgan 70 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 100 million so‘m talab qilib, 6 ming dollar va 32 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldinroq, DXX Namangan va Jizzaxda noqonuniy yer sotayotgan mansabdor shaxslarni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid