Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 va YeI Rossiyadan gaz importi tiklanishi bo‘yicha embargoni muhokama qilyapti
G7 va Yevropa Ittifoqi Moskva avvalroq yetkazib berishni to‘xtatgan yo‘nalishlar bo‘ylab Rossiyadan gaz importini qayta tiklashga embargo qo‘yishni muhokama qilmoqda, deb yozadi Financial Times.
“Yettilik guruhi”ga (G7) a’zo davlatlar va Yevropa Ittifoqi o‘n birinchi sanksiyalar paketi doirasida Moskva avvalroq yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygan yo‘nalishlar bo‘yicha Rossiyadan gaz importini qayta tiklashga nisbatan embargo joriy etishni muhokama qilmoqda. Bu haqda 14 may, yakshanba kuni muzokaralarda ishtirok etgan rasmiylarga tayanib, Financial Times (FT) xabar berdi.
Qaror 19 may kuni Xirosimada bo‘lib o‘tadigan "Katta yettilik" sammiti yakunida tasdiqlanishi kerak.
Agar ma’qullansa, bu chora o‘tgan yili Rossiya yetkazib berishni to‘xtatgan Polsha va Germaniya kabi mamlakatlarga quvurlar orqali Rossiya gazi eksportini qayta tiklashning oldini oladi, deydi FT.
G‘arb Rossiya energiya tashuvchilarni sotishdan tushgan daromadni ko‘paytirmasligini ta’minlamoqchi, gap Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishidan 15 oy o‘tgach, Moskvaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish haqida ketyapti.
Nashr suhbatdoshiga ko‘ra, “hamkorlar kelajakda o‘z fikrini o‘zgartirmasligiga ishonch hosil qilish” uchun qadam tashlash kerak.
Yevropa Ittifoqi diplomatlaridan birining aytishicha, bu taklif Bryusseldan status-kvo qanday o‘zgarishini aniqlash uchun qo‘shimcha tushuntirishlarni talab qiladi. "Uning qanday ishlashi aniq bo‘lishi kerak", dedi manba.
Mavzuga oid
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
19:41 / 03.05.2026
O‘zbekistonda joriy yilda 4,3 mlrd kVt soat elektr va 2,8 mlrd metr kub gazni tejash maqsad qilindi
11:12 / 21.04.2026