Ispaniyada chempionlar fanatlardan qochdi, APLda intriga tugadi. Kun o‘yinlari
Yakshanba kuni Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar.

Foto: AFP
Angliya: Holandning sovg‘asi va «kanonirlar» seriyasining tugashi
Everton — Manchester Siti 0:3
Gollar: Gundo‘g‘an (37, 51), Holand (39).
Everton – Pikford, Patterson, Tarkovski, Mina, Holgeyt (Koudi, 56), Guyye (Onana, 56), Dukure, Garner (Grey, 76), Ivobi, Maknil, Kelvert-Lyuin (Mope, 46).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Diash (Gomes, 90), Akanji, Gundo‘g‘an (Silva, 78), Rodri (Fillips, 88), Foden, Mahrez, Holand (Grilish, 78), Alvares.
Ogohlantirish: Garner (49).
«Everton» o‘tgan turda safarda «Brayton»ni sensatsion ravishda mag‘lubiyatga uchratib (5:1), ligada qolish uchun katta qadam tashlagandi. Ammo bu natija hali hech narsani kafolatlamasdi, shunday ekan, Shon Daych jamoasi o‘yinni De Bryuyne va Grilishsiz boshlagan «Manchester Siti»ga qarshi ham dadil o‘ynadi. «Irislar» tanaffusga qadar hisobdagi tenglikni saqlab qoladigandek ko‘rinayotgandi, ammo ularning umidini Gundo‘g‘an ijrosidagi haqiqiy shedevr yo‘qqa chiqardi. U jarima maydoni ichida darvozaga orqa turgan holda to‘pni son qismi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va shu holatida zarba berdi. Yiqilmadi va gazonda oyoqda qoldi ham.
Mezbonlar bunday zarbadan keyin o‘ziga kela olmadi va ko‘p o‘tmay Holand germaniyalik yarimhimoyachining uzatmasidan keyin boshi bilan navbatdagi golini urdi. Ligadagi gollari sonini 36 taga yetkazib olgan norvegiyalik hujumchi o‘yindan keyin yosh muxlisini futbolkasi bilan xursand qildi. APLdagi rekordi sharafiga tayyorlangan butsadan foydalanishga esa gol urilgan epizodda hojat bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda Gundo‘g‘an yana bir chiroyli zarbasi bilan u «shaharliklar» qatorasiga 11-g‘alabasini nishonlashini ta’minladi.
«Shaharliklar» uchun bu o‘yindagi g‘alaba tarixiy bo‘ldi — APLda 500-g‘alaba. Bungacha «MYu» (723), «Arsenal» (644), «Chelsi» (629), «Liverpul» (627) va «Tottenhem» (519) klublari bu dovonni zabt etgandi.
Arsenal — Brayton 0:3
Gollar: Ensiso (51), Undav (86), Estupinan (90+6).
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Kiver, Tirni, Jaka (Nelson, 60), Jorjino (Parti, 60), Edegor (Smit-Rou, 77), Saka, Martinelli (Trossard, 20), Jyezus (Nketia, 77).
Brayton – Stil, Dank, Koluill, Estupinyan, Gross, Mak Allister, Gilmor (Uelbek, 60), Ensiso (Undav, 82), Mitoma, Kaysedo, Fergyuson (Buonanotte, 77).
Ogohlantirishlar: Estupinyan (34), Gross (55), Arteta (64), Parti (88).
«Siti»ning chempionligi muqarrarlashgani sayin «Arsenal» bo‘shashmoqda. «Kanonirlar» o‘tgan turda o‘z uyida «Everton»dan beshta gol qabul qilib olgan «Brayton»ga qarshi hech narsa taklif qila olmadi va xatolari uchun jazolandi.
Birinchi holatda namunali qarshi hujum Ensisoning boshda yo‘llangan aniq zarbasi bilan yakunlandi. Ikkinchi golni esa Undavga tom ma’noda qishda «chayka»lar rahbariyati, jumladan bosh murabbiy Roberto De Dzerbi bilan janjallashib, London klubiga o‘tib ketgan Trossar sovg‘a qildi. Yakuniy zarbani Estupinyan yo‘llab, o‘yin Mikel Arteta jamoasi uchun sharmandali natija bilan tugadi. Muxlislarning katta qismi bunga guvoh bo‘lmadi, chunki hisob 0:2 ko‘rinishini olgach, ularning katta qismi «Emireyts» tribunalarini tark etishdi. Ular bunday holatga anchadan buyon duch kelishmagandi, chunki «Arsenal» o‘tgan yil martidan buyon uyda yutqazmayotgandi. Endi «Siti» keyingi turda o‘z uyida chempionlikni nishonlashi uchun «Chelsi»ni mag‘lub etishi kifoya qiladi.
Ispaniya: «Atletiko» ko‘lmakda
Elche — Atletiko 1:0
Gol: Fidel (41).
Elche – Badiya, Bigas (Magalyan, 84), Palasios, Klerk, Blanko (Milya, 67), Morente, Fidel (Guti, 84), Gumbau, Donald, Nteka (Xosan, 67), Boyye (Ponse, 90).
Atletiko – Grbich, Molina, Ximenes, Ermoso (Regilon, 61), Vitsel, Karrasko, Koke (Martin, 82), De Pol (Barrios, 61), Lemar (Korrea, 54), Grizmann, Morata.
Ogohlantirishlar: Fidel (30), Blanko (36).
«Atletiko» kutilmaganda turnirni allaqachon tark etib ulgurgan «Elche» maydonida muammoga duch keldi. Madridliklar to‘p autdan tashlab berilganidan keyin gol o‘tkazib yuborishni «uddalashdi», la ligada bunaqasi ular bilan to‘qqiz yildan buyon ro‘y bermagandi. «Matraschilar» golni bekor qilishga erishishga urinishdi, ammo, bu vaziyatda Kokega nisbatan hech qanday fol ishlatilmagani ma’lum bo‘ldi. Raqib futbolchisi shunchaki Vitselning turtishidan keyin unga borib urilgandi. Bu esa «Elche» segundaga yo‘l olishdan oldin o‘z muxlislarini mavsumdagi to‘rtinchi g‘alaba bilan xushnud etishi uchun yetarli bo‘ldi. Diyego Simeone jamoasi esa ikkinchi o‘rinni o‘ziga qaytara olmadi, qolaversa, ushbu raqibga qarshi o‘yinlarda 1985 yildan buyon ilk bor gol ura olmadi.
Espanyol — Barselona 2:4
Gollar: Puado (73), Xoselu (90+2) — Levandovski (11, 40), Balde (24), Kunde (53).
Espanyol – Pacheko, Hil, Kabrera, Serji Gomes (Puado, 46), Montes, Olivan (Koliosho, 84), Denis Suares (Kalero, 46), Darder, Melamed (Eksposito, 87), Hoselu, Breytueyt (Pedrosa, 55).
Barselona – ter Stegen, Kunde, Kristensen (Alonso, 74), Arauxo (Alba, 63), Balde, Buskets, de Yong, Pedri (Kessie, 89), Gavi (Fati, 74), Rafinya (Dembele, 62), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kunde (2), Gavi (39), Darder (39), Alba (82).
Tabiiyki, «Espanyol» «Barselona»ning chempionlik bayramini kechiktirishni istardi. Qarama-qarshilik prinsipialligi jihatidan ham - bu ko‘k-anorranglilar muxlislari tribunaga kiritilishi taqiqlanishiga olib keldi, sportcha sabablarga ko‘ra ham. «To‘tiqushlar» ayni vaqtda ligani tark etish xavfi ostida qolgan, ammo mezbonlar bir bosh baland sakray olishmadi va Xavi jamoasi maydonda o‘zi istagancha o‘ynadi.
Dastlab Aleks Balde chap qanotda raqib himoyachisini chalg‘itib tashladi va darvozabon hududida ochilgan Levandovski chempionatdagi 20-golini urishiga yordamlashdi. Keyin, dastlabki daqiqalarda qulay imkoniyatdan foydalana olmagan Pedri jarima maydoni ichida solo amalga oshirib, to‘pni darvozaning olis ustuni oldida turgan Baldega yetkazib berdi, himoyachi esa professional darajadagi ilk golini urdi. Bunday darajada o‘sib borayotgan lateralga ega jamoaga Jordi Alba bilan xayrlashish og‘riqli bo‘lmasligi tayin.
Keyin mehmonlar sobiq jamoadoshlari Breytueyt hisobni qisqartirishiga yo‘l qo‘yishmadi va bunga javoban uyushtirilgan hujumda Rafinya Levandovskini golli pas bilan ta’minladi, uchinchi goldan keyin amalda Kataloniya ko‘chalarida bayram boshlandi. Rasmiy bayram — keyingi turda «Kamp Nou»da o‘tkaziladi.
Yakshanba kungi o‘yin esa kichik mojaro bilan tugadi: chempionlikni maydonda nishonlashga qaror qilgan mehmon futbolchilar tezda chempionlik davrasini to‘xtatib, tribunalar ostiga qochib yashirinishiga to‘g‘ri keldi - ularning bayrami mezbon muxlislariga yoqmadi va ular maydonga tushib kela boshlashgandi.
Mezbon fanatlarni maydondan siqib chiqarish qiyin edi, shu tufayli kiyim almashtirish xonasiga olib boruvchi tunnelni qalqon tutgan politsiyachilar to‘sib turishiga to‘g‘ri keldi.
Kun statistikasi
- «Valensiya» «Selta»ni qatorasiga 5-bor mag‘lub etdi. Bu «ko‘rshapalaklar»ning la ligada galisiyaliklar jamoasiga qarshi eng yaxshi seriyasi bo‘ldi.
- «Trua» liga 1’ning 11 mavsumida 6-bor quyi ligaga tushib ketdi.
- Aleksis Sanches «Marsel» safida 14 gol urdi. Bu chililik futbolchi uchun 2016/17 yil mavsumidan buyon eng yaxshi sermahsullik, o‘shanda u «Arsenal» safida 24 gol urgandi.
- «Arsenal» uy uchrashuvlarida 23 gol o‘tkazdi. «Emireyts»da mezbonlar bundan yomonroq natijani uch mavsum oldin qayd etishgandi (24 gol).
- «Barselona» yarimhimoyachisi Pedri bu mavsumda sheriklari uchun 39 bor golli vaziyat yaratdi.
- Bundesliganing 32-turida 42 gol urildi — bir o‘yinga o‘rtacha 4,7 gol. Bu mavsum rekordi sanaladi, XXI asrda bundan yuqoriroq natija 2001/02 yilgi mavsumning 34-turida kuzatilgan, o‘shanda 44 gol urilgan.
- «Kaza Piya» jamoasi 84 yillik tanaffusdan keyin yana «Portu» darvozasini ishg‘ol etdi.
- Arne Slota rahbarligida 100-o‘yinda «Feyyenoord» Niderlandiya chempionatida 16-chempionlikni nishonladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi ASEAN huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi
O‘zbekiston | 11:29
-
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda
Jahon | 11:01
-
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi
Jahon | 11:00
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
Mavzuga oid

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

11:29 / 09.04.2025
Yirik hisob retsepti. Arteta Anchelottini qanday dog‘da qoldirdi?

09:17 / 09.04.2025