Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anni «umumxalq saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani» bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari Turkiya yetakchisini mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi. Ularning yakunlariga ko‘ra, saylovchilarning ko‘pchiligi amaldagi prezident va respublika alyansiga ovoz bergan.
Ovoz berish natijalari Turkiya xalqi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy yangilanishlar va iqtisodiy islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat ekani alohida ta’kidlandi.
Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash bo‘yicha faol ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
- Ma’lumot uchun, Turkiyada 14 may kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining birinchi turida nomzodlarning hech biri g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ortiq ovozni to‘play olmadi. Ovozlarning 99,2 foizi hisoblab chiqilgan holatda amaldagi prezident 49,3 foiz ovoz olgan, muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li qariyb 45 foiz ovoz jamg‘argan. Endi ikki haftadan keyin, 28 may kuni ushbu ikki nomzod o‘rtasida ikkinchi tur o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026