Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev 70 yoshini nishonlashdan bosh tortdi
Qozog‘iston prezidenti oilasida bunday an’ana yo‘qligi aytildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning 70 yilligi munosabati bilan hech qanday bayram tadbirlari o‘tkazish rejalashtirilmagan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay xabar berdi.
Unga ko‘ra, davlat rahbari 17 mayni odatdagidek o‘tkazadi.
«Bu prezidentning prinsipial pozitsiyasi. Shu kuni uning Xitoyga davlat tashrifi boshlanadi. Qozog‘istonda tug‘ilgan kun munosabati bilan yoki Xitoyga tashrif doirasida hech qanday tadbir bo‘lmaydi», dedi Jyeldibay.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev 1953 yil 17 mayda Olma-ota shahrida tug‘ilgan.
To‘qayev bu kunni nishonlashni yoqtirmaydi, degan edi avvalroq uning matbuot kotibi Berik Uali. Prezident oilasida bunday an’ana yo‘q, farzandlarining ham, ota-onalarning ham tug‘ilgan kunini nishonlash odat tusiga kirmagan.
Mavzuga oid
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi
20:56 / 21.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
17:43 / 19.06.2026