Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qovjirayotgan malinazorlar. Aholi daromad olishni ko‘zlagan loyiha suvsiz qoldirildi
Farg‘ona tumanida Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida malina plantatsiyalari tashkil etilgandi. Ammo bugun mazkur malina dalalari suvsiz qoldi. Unga xarajat qilgan oilalar esa millionlab zarar ko‘rmoqda.
Prezidentning tegishli qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda fermer xo‘jaliklari foydalanishidagi aholi punktiga yaqin hamda suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan 92 655 gektar ekin maydonlarini zaxiraga qaytarish hamda ularni dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 30 yilga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish ko‘zda tutilgandi.
Xususan, suv ta’minoti yaxshi hududlar – Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ijraga beriladigan ekin maydonlari 15 sotixdan 1 gektargacha bo‘lishi aytilgan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona tumanining Vodil qishlog‘ida iqlim sharoitidan kelib chiqib malina plantatsiyalari tashkil etilgan va hududda malinachilik klasterlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgandi. Fuqarolar daromad olish maqsadida malina yetishtirishga millionlab so‘m xarajat qilishdi.
Ammo bugun malina dalalari suvsiz qoldi. Aholi mehnati va xarajatiga kuymoqda. Suvsizlik sabab malina nihollari qovjirab, undan hosil olish imkonsiz bo‘lib qoldi. Dehqonlar bu holatga hududni suv bilan ta’minlashdagi rejasizlik sabab bo‘lganini ta’kidlashmoqda.
Qishloq ahli mas’ullar bu masalaga e’tibor qaratishidan, qilingan mehnat va xarajatlari yo‘qqa chiqmasligidan umidvor.
Mavzuga oid
09:45 / 12.05.2026
“Ipak qurti boqishning gashti bor” – farg‘onalik pillachi
12:37 / 07.03.2026
Farg‘ona tumani soliqchisi 20 ming dollar bilan ushlandi
15:38 / 22.12.2025
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
09:16 / 30.09.2025