Ipak qurti boqiş oson iş emas. Tong sahardan dalaga tut novdasini kesib olib keliş uçun boriş kerak. Kezi kelganda esa yaşaydigan uyingizni qurtlarga böşatib, özingiz taşqarida uxlaşingizga töğri keladi. Farğona tumanida yaşovçi Dovurbek Sirojiddinovning aytişiça, pilla terişning gaşti boşqaça.
Oila tebratiş uçun Rossiyaga borib mehnat qilgan Dovurbek hozir qişloğiga qaytib kelib, ipak qurti olib parvariş qilyapti.
“Yaxşi niyatda tört “korobka” qurt olganmiz. Ularga mehr berib boqyapmiz, hademay pilla öraşga tuşadi.

Qurtlarni oç qoldirmaslik uçun dalalarda mehnat qilib, tut bargini kesib maşinaga yuklab uyga olib boramiz. Bu yumuşlarning öziga yaraşa gaşti bor, albatta. Dala hayoti mazza! Toza havo, atrofda qurbaqalar qurillagan...

Barglarni kesib qurtlarga berasiz, ularning şitir-şitir qilib ovoz çiqarib yeyişini körib bir maza qilasiz, miyalaringiz dam oladi. Çarçoqlaringiz ham çiqib ketadi.

Qurtlar öz farzandingizdek bölib qolar ekan. Pillalarimizni eson-omon topşirib olsak yuzimiz yoruğ böladi. Xudo xohlasa, mana oz qoldi... Avvalari ipak qurtini ota-bobolarimiz boqardi. Ulardan örganib bu yumuşni davom ettiryapmiz.


Tut daraxtining ötini ham uyimizga kiryapti”, — deydi Dovurbek Sirojiddinov.
















