Farğona tumani soliq inspeksiyasi boş inspektori tezkor tadbir vaqtida qölga olindi.

DXX xabariga köra, u yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali tuman hokimligi zaxirasida bölgan va qişloq xöjaligi uçun möljallangan 10 gektar yer maydonini namanganlik tadbirkorga kelgusida sayyohlik maskani taşkil etişi uçun ajratib beriş evaziga 95 ming dollar, yer maydoni toifasini özgartirib beriş evaziga 6 ming dollar (jami 101 ming dollar) talab qilgan.

DXX va IIVning Namangan viloyati boşqarmalari hamkorligida Yangi Namangan tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, boş inspektor oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda unga nisbatan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.