Farğona viloyatining Farğona tumanida yöl çetida töxtagan Cobalt kutilmaganda orqadan harakatlanib kelayotgan boşqa bir Cobalt’ning yöliga çiqib ketdi. Töqnaşuv oqibatida yölovçilardan biri halok bölgan.
Farğona viloyati IIB matbuot xizmati xabariga köra, hodisa 21 dekabr kuni soat 12:30 lar atrofida tumanning Farğona mahallasidan ötuvçi Farğona-Satorobod-Xonğiz avtomobil yölining 6-kilometrida sodir bölgan.
Cobalt Farğona şahridan Xonğiz qişloği tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida yölning öng tomonida töxtab, xavfsizlik çoralariga amal qilmagan holda çap tomonga qayrilib yuborgan. Natijada öşa yönalişda orqasidan kelayotgan yana bir Cobalt bilan töqnaşuv sodir etgan.
Yölovçilardan biri tan jarohati olib, tuman markaziy şifoxonasiga yuborilgan. Körsatilgan muolajalarga qaramasdan, 52 yoşli fuqaro şifoxonada vafot etgan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















