Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Kiyevdagi Patriot tizimiga zarar yetgan, ammo u yo‘q qilinmagan
Rossiyaning 16 mayga o‘tar kechasi Kiyevga bergan zarbasi natijasida Amerikaning Patriot zenit-raketa tizimi, aftidan, zarar ko‘rgan, ammo Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlashiga qaramay, u yo‘q qilinmagan. Bu haqda Amerikaning CNN telekanali ismi oshkor etilmagan amaldorga asoslanib xabar berdi.
Foto: CNN
"Qo‘shma Shtatlar haligacha yetkazilgan zararni baholamoqda. Bu tizimni AQShga qaytarish kerakmi yoki ukrainaliklar uni joyida tuzatadimi, shular aniqlanyapti", deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevdagi Patriot "Kinjal" gipertovushli raketasi tomonidan berilgan “yuqori aniqlikdagi zarba” natijasida yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi.
Bungacha Ukraina Qurolli kuchlari Ukraina havo hujumidan mudofaa vositalari kechasi Kiyevga otilgan barcha 18 ta raketani, shu jumladan oltita "Kinjal"ni urib tushirgani haqida xabar bergan edi.
Ukraina 4 mayga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Kiyev viloyatiga hujum chog‘ida Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchirilgan "Kinjal" gipertovushli raketasini urib tushirganini rasman e’lon qilgandi.
Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Nikolay Oleshchukning so‘zlariga ko‘ra, raketa Amerikaning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi yordamida yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
16:47 / 16.04.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
16:09 / 19.03.2026