Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari Qozog‘iston prezidentini 70 yoshlik yubileyi bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi qayd etildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning may oyi boshida Toshkent shahrida o‘tgan yig‘ilishi natijalari yuqori baholandi.
Qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini ishga tushirish va Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar qayd etildi.
Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
20:25 / 29.05.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi
21:18 / 19.05.2026